Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1
Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1 - bu kattalar uchun nemis tili imtihoni. U juda oddiy nemis tili bilimlari borligini tasdiqlaydi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha birinchi (A1) bosqichiga to'g'ri keladi.
Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...
- Suhbatdoshlar sekin va aniq gapirganda, Siz oddiy tarzda muloqot qila olasiz.
- Siz kundalik hayotda ishlatiladigan tanish iboralarni va oddiy gaplarni tushunasiz va ularni qo'llay olasiz (jumladan, shaxsga va oilaga, xarid qilishga, ishga, yaqin atrof-muhitga tegishli ma'lumotlar).
- Siz o'zingizni va boshqalarni tanishtira olasiz va boshqa odamlarga ular haqida savollar (masalan: ular yashayotgan joy, kimlarni tanishlari va ularda nimalar borligi kabi savollarni) bera olasiz.
![]() |
*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.
Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.
TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.
Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish