Qo’shimcha ma’lumot
Ortga qaytish Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1
Unchalik ham qiyin emas: imtihon qismlari
„Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1“ imtihoni o‘qish, tinglash, yozish va so’zlash qismlaridan iborat (og’zaki guruh imtihoni).
Imtihon butun dunyoda bir xil o’tkaziladi va baholanadi.
O‘qish
Siz qisqa, kichkina e’lonlar, ommaviy axborot taxtalari yoki osma e’lonlar kabi matnlarni o’qiysiz va tegishli vazifalarni bajarasiz.
Davom etish vaqti: 25 daqiqa
Yozish
Siz oddiy formulyarlarni to’ldirasiz va biror kundalik hayotda uchraydigan vaziyatga tegishli qisqa shaxsiy matn yozasiz.
Davom etish vaqti: 20 daqiqa
Tinglash
Siz kundalik hayotda uchraydigan qisqa suhbatlarni, telefon xabarlarini yoki ommaviy og‘zaki e’lonlarni tinglaysiz va tegishli vazifalarni bajarasiz.
Davom etish vaqti: 20 daqiqa
So‘zlash
Siz guruhda o’zingizni tanishritasiz. So’ng kundalik hayotga tegishli savollar berasiz va savollarga javob berasiz hamda guruh a’zolarining biridan biror narsani iltimos qilasiz.
Davom etish vaqti: 15 daqiqa
Dastlabki shartlar
„Goethe-Zertifikat A2: Start Deutsch 2“ – bu kattalar uchun nemis tili imtihoni.Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bunda muayyan yoshdan kam bo’lmaslik yoki Germaniya fuqaroligi talab etilmaydi.
- „Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1“ uchun ishtirokchining yoshi 16 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
- „Goethe-Zertifikat A1: Start Deutsch 1“ sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining shkalasi bo'yicha birinchi (A1) bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
- Uchbu bosqichga erishish uchun – o'quvchining dastlabki bilimlariga va o'quv sharoitlariga qarab - 80 dan 200 gacha 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.