Goethe-Zertifikat A2

Goethe-Zertifikat A2: Start Deutsch 2 Foto: Getty Images/Daniel Laflor

Sizning xohishingiz...

  • oddiy nemis tili bilimlari borligini tasdiqlash
  • A2 bosqichidagi bilimlaringizni tasdiqlash
  • rasmiy va xalqaro tan olingan sertifikatni olish

„Goethe-Zertifikat A2: Start Deutsch 2“ – bu kattalar uchun nemis tili imtihoni. U oddiy til bilimlarini talab etadi va Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha ikkinchi (A2) bosqichiga to'g'ri keladi.

Mazkur imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligingiz quyidagilarni bildiradi ...

  • Siz gaplarni va kundalik hayot vaziyatlarida ko'pincha ishlatiladigan iboralarni tushunasiz va ularni qo'llay olasiz.
  • Siz o'zingizga va ko'pchilikka tanish mavzular bo'yicha fikr almashunuvi bilan bog'liq bo'lgan oddiy, odatiy vaziyatlarda muloqot qila olasiz.
  • Siz oddiy til vositalari yordamida kelib chiqishingiz va ta'limingiz to'g'risida ma'lumot bera olasiz, yaqin atrof-muhitni va bevosita ehtiyojlar bilan bog'liq bo'lgan narsalarni ta'riflay olasiz.

You have disabled JavaScript in your browser settings. Please enable JavaScript to see the courses again.

*) Koʻrsatilgan arzonroq narx agar siz Goethe-Institut nemis tili kursiga olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashrif buyurgan boʻlsangiz amal qiladi. Mazkur olti oy deganda til kursining yakunlanishi va nemis tili imtihoni sanasi orasidagi muddat tushuniladi. Bunday holatda narx buyurtma jarayonida avtomatik tarzda oʻzgaradi. Agar bunday boʻlmasa, kurslar oʻtkaziladigan ofisga murojaat qiling.

Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz. 

TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

Mashq uchun materiallar

Bu yerda Siz onlayn mashq qilish uchun imtihon va mashqlar namunalari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga qulay hamda interfaol mashqlarni topasiz.

Qo’shimcha ma’lumot

„Goethe-Zertifikat A2“ imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz: