Qo’shimcha ma’lumot

Ortga qaytish Goethe-Zertifikat A2

Unchalik ham qiyin emas: Imtihon qismlari

„Goethe-Zertifikat A2“ imtihoni o’qish, tinglash, yozish va so’zlash qismlaridan iborat.
Imtihon butun dunyoda bir xil o’tkaziladi va baholanadi.
 

O‘QISH

Siz qisqa, kichkina gazeta e’lonlari, elektron xatlar, ommaviy axborot taxtalari yoki osma e’lonlar kabi matnlarni o’qiysiz va shularga doir tegishli vazifalarni bajarasiz.
 
Davom etish vaqti: 30 daqiqa

YOZISH

Siz bevosita o'z yashash muhitingizga tegishli xabar matnini yozasiz.
 
Davom etish vaqti: 30 daqiqa

TINGLASH

Siz kundalik hayotda uchraydigan, radio orqali uzatiladigan suhbatlarni, telefon xabarlarini yoki ommaviy og‘zaki e’lonlarni tinglaysiz va shularga doir tegishli vazifalarni bajarasiz.
 
Davom etish vaqti: 30 daqiqa
 

SO‘ZLASH

Siz savollar berasiz va Sizga berilgan savollarga javob qaytarasiz, o'z hayotingiz haqida ozroq so'zlab berasiz. Siz o'z suhbatdoshingiz bilan birgalikda aniq mavzu yuzasidan kelishib, reja tuzasiz.
 
Davom etish vaqti: 15 daqiqa

Dastlabki shartlar

Goethe-Zertifikat A2 - bu kattalar uchun nemis tili imtihoni.

Gyote Institutining imtihonlari barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bunda muayyan yoshdan kam bo’lmaslik yoki Germaniya fuqaroligi talab etilmaydi.
  • Goethe-Zertifikat A2 uchun ishtirokchining yoshi 16 yoki undan yuqori bo'lishi tavsiya etiladi.
  • Goethe-Zertifikat A2 sertifikatini olish uchun Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining (A2) bosqichidagi til bilimlari bo'lishi shart.
  • Uchbu bosqichga erishish uchun Sizga – dastlabki bilimlar va o'quv sharoitlariga qarab - 200 dan 350 gacha 45 daqiqali dars mashg'ulotlari kerak bo'ladi.