TestDaF

TestDaF Foto: Goethe-Institut/Sonja Tobias

Sizning xohishingiz...

  • Germaniyada oliy o'quv yurtida o'qish, ilmiy tadqiqot qilish yoki ishlash
  • Germaniyada barcha oliy o'quv yurtlari tomonidan tan olingan nemis tili imtihonini topshirish.
  • ilmiy tadqiqot muassasalarni va ish beruvchilarni Sizning nemis tilini bilimlaringizga ishontirish.

TestDaF – bu yuqori darajali til bilimlari imtihoni. U Umumyevropa til bilish kompetensiyalarining oltita bosqichli shkalasi bo'yicha chet tilini bilish darajasining B2 dan C1 gacha bosqichlarini qamrab oladi.
 
Agar Siz TestDaF imtihonini topshirib, uning barcha to'rtta qismida TestDaF-ning 4-darajasiga erishgan bo'lsangiz, mazkur sertifikat Germaniya oliy o'quv yurtilarida deyarli barcha fan va mutaxassiliklar bo'yicha o'qishga qabul qilinish uchun yetarli til bilimlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Bundan tashqari TestDaF til imtihoni xalqaro tan olingan hujjat bo'lib, Sizning nemis tili bilimlaringiz ilmiy loyihalar va oliy o'quv yurtilarda o'qitiladigan kasblar uchun yetarliligini tasdiqlaydi.
 
Bu imtihon uchun maxsus fanlar bo'yicha bilimlar talab qilinmaydi.

Butun dunyoda vakillarimiz bor

Siz TestDaF imtihonini lisenziyalangan test markazlarida topshirishingiz mumkin. Hozirgi paytda TestDaF imtihonini taklif qilayotgan taxminan 450 test markazlari bor. Bu yerda Siz Germaniya va butun dunyodagi test markazlarini izlab topishingiz mumkin:


PRÜFUNGSTERMINE

Sie können für die TestDaF-Prüfung die Anmeldung und Prüfungsgebührbezahlung nur online durchführen. Informationen über die Prüfungs- und Onlineanmeldungstage finden Sie auf der folgenden Webseite des TestDaF - Instituts:
www.testdaf.de
Die TestDaF-Prüfung, für die Sie sich online angemeldet haben und als Testzentrum Goethe-Institut ausgewählt haben, findet im Goethe-Institut Usbekistan statt.

Aloqa:

Batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
Nozima.Yarmukhammedova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz. 

TestDaF bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qilishingizni yoki elektron pochta orqali 
tanzilya.gafurova@goethe.de orqali bog'lanishingizni so'raymiz.  Konsultasiya va ro'yxatdan o'tish

Tayyorlanish

O'quv materiallari

TestDaF imtihoniga tayyorlanish jarayonida Sizga ikkita to'la TestDaF namunalar to'plami yordam beradi.

Qo’shimcha ma’lumot

TestDaF imtihoniga tegishli dastlabki shartlar, imtihon mazmuni va qo’shimcha ma’lumotni bu yerda topasiz: