Boshlang'ich

Nemis tilini endigina o'rganishni boshladingizmi yoki nemis tiliga qiziqyapsizmi? Unda bu yerda siz uchun A1 - A2 darajalari uchun mashqlar jamlangan. Masalan, o’z ismingizni ayta olishingiz mumkin. Yoki biron restoranda ovqat buyurtma qilishingiz yoki kimdandir yo’lni so’rashingiz mumkin. Mashqlar juda oddiy va bepul. Bundan tashqari, siz Germaniyada yashash (va ishlash) haqida ham ko'p narsalarni bilib olishingiz mumkin.

A boshlang’ich til ko‘nikmalari © Goethe-Institut

  • Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar

    Germaniyaga yo‘lim

    Germaniyaga borishni rejalashtiryapsizmi? Unda bu sahifa aynan siz uchun! Bu yerda Siz A1 darajasidan B2 darajasigacha bo‘lgan nemis tilida yoki o‘zingizga qulay boshqa tilda Germaniyada yashash va ishlash haqida muhim va foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin – matnlar, videolar va xaritalar bilan.

    Das Gesicht einer jungen dunkelhaarigen Frau ist vor dem Brandenburger Tor zu sehen im Sonnenlicht. © Alina Holtmann / Maridav © Alina Holtmann / Maridav

  • YouTube

    24 soat nemis tili

    Salom! Men Ida – YouTube’dagi nemis tili o‘qituvchingizman. Mening videolarim orqali siz grammatika, yangi so‘zlarni o’rganasiz hamda Germaniyada yashash bo‘yicha foydali maslahatlarni olasiz. Hammasi oson va bepul. Agar siz nemis tilini biroz bilsangiz, videolarni osongina tushunasiz. Bu ayniqsa A2 dan B1 gacha bo‘lgan nemis tili o‘rganuvchilari uchun juda foydali.

    Ida aus 24h Deutsch mit einem Mikrofon in der Hand Foto: © Goethe-Institut Foto: © Goethe-Institut

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    TikTok va Instagramda nemis tilini o‘rganish

    Jamoamizga xush kelibsiz! TikTok va Instagram kanallarimizda Berlin shahridan Aleks hamda dunyoning turli mintaqalaridan bo’lgan insonlar sizni kutishmoqda. Bu yerda siz nemis tili, Germaniya va boshqa mamlakatlardagi kundalik hayotning qiziqarli jihatlari haqida ma’lumot olasiz. Shuningdek, siz ham boshqalar bilan fikr almashishingiz mumkin.

    Deutsch lernen auf TikTok und Instagram © Goethe-Institut © Goethe-Institut

  • O'yinlar ilovasi

    „Deutschland. Kennen. Lernen“

    Germaniyani kashf eting va nemis tilini o‘rganing! “Deutschland. Kennen. Lernen.” bepul ilovasi va rang-barang Germaniya posteri yordamida qiziqarli kengaytirilgan reallik (AR) funksiyalarini sinab ko’ring! Ko‘plab interaktiv mashqlar orqali o‘yin tarzida nemis tili bilimlaringizni yaxshilash imkoniyatidan foydalaning.
     

  • Bepul onlayn hamjamiyat

    Siz uchun nemis tili

    Birgalikda xech qanday to’lovlarsiz nemis tilini o’rganing: Siz til bilish darajangizga to’g’ri keladigan o’quv materiallarni va mavzuni izlab ularni o’qish uchun mo’ljallangan bo’limga joylashtiring. Shundan so’ng Siz forum orqali o’qish uchun turli maslaxatlar olib boshqa forum ishtirokchilari bilan tajriba almashishingiz mumkin. 

    7 junge Menschen stehen nebeneinander und schauen gemeinsam auf Smartphones oder Tablets © Shutterstock.com, Rawpixel.com © Shutterstock.com, Rawpixel.com

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    Facebookda nemis tilini o’rganish

    Siz ayni paytda dunyoning turli burchaklarida nemis tilini o‘rganayotganlar bilan tanishishni xohlaysizmi? Unda mana bu Facebook sahifasiga bir nazar tashlang. Bu yerda Siz fikr almashishingiz va bepul nemis tilini o’rganishingiz mumkin. Bundan tashqari, bizning til kurslarimiz haqidagi muhim ma’lumotlar va Germaniyadagi kundalik hayot bo‘yicha foydali maslahatlar ham olasiz.

    Facebook Foto: © Goethe-Institut, Sonja Tobias Foto: © Goethe-Institut, Sonja Tobias

  • O'quv ilovasi

    A1 darajadagi nemis tili treneri

    Nemis tilida qanday sanayman? Bu taom qanday nomlanadi? Nemis tilida soat qanday aytiladi? Ushbu A1 darajadagi ilova yordamida Siz nemis tilini oson va bepul o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Ushbu dastur orqali tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda eng muhim boshlang‘ich so‘zlarni o‘rganish mumkin.

    Deutschtrainer A1 Grafik: © Goethe-Institut Grafik: © Goethe-Institut

  • Bolalar uchun platforma

    Bolalar onlayn universiteti

    Avtomobillar qanday qilib o‘z-o‘zidan harakatlana oladi? Nima uchun chig‘anoqni quloqqa tutganda tovush eshitiladi? Nnima uchun odam uxlashi kerak? Dunyo turli qiziqarli savollarga to‘la. Bu kabi savollarga bizdan javob topishingiz mumkin – oddiy, tushunarli va mutlaqo bepul. Professor Eynshteyn va Sofiya Shlau Siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutishmoqda!

    KinderUni    

  • Yoshlar uchun platforma

    Yoshlar onlayn universiteti

    Koinot qanday ko’rinishda? Elektr tokimiz qayerdan keladi? Yoki robotlar qanday ishlashini bilmoqchimisiz? Bizning nemis onlayn yoshlar universitetimizda bunga o‘xshash savollarga javob topish, shu bilan birga nemis tilini bepul o‘rganish va bilimlarni mustahkamlash mumkin. Nemis onlayn yoshlar universiteti aynan A1/A2 va A2/B1 darajadagi o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.

    JuniorUni Foto: © Goethe-Institut Foto: © Goethe-Institut

  • O'yinlar ilovasi

    So’zlar shahri

    Siz nemis tilini boshlang‘ich darajada bilasiz va o‘yin orqali yangi so‘zlarni oson va qiziqarli tarzda o‘rganmoqchimisiz? Unda ushbu bepul o‘yin ilovasini yuklab oling! O‘yin A1/A2 darajasidagi barcha nemis tili o‘rganuvchilari uchun mos keladi. O‘yin davomida siz boshqa o‘yin ishtirokchilari bilan fikr almashasiz va ko‘plab foydali so‘zlarni o‘rganasiz.

     Screenshot aus der Anwendung Die Stadt der Wörter Grafik: © Goethe-Institut Grafik: © Goethe-Institut

  • Onlayn o'yin: Super kuchlaringni kashf et!

    Kampus qahramoni

    Ushbu onlayn o‘yinda siz ajoyib qobiliyatlarga ega bo‘lasiz! O‘z avataringiz yordamida kasbingiz doirasida yangi so‘zlar va gaplarni o’yin yordamida oson o‘rganasiz. O‘yin yakunida shaharni yovuz chayondan himoya qila olasizmi? 

    Screenshot aus dem Spiel Superhelden Campus Grafik: © Goethe-Institut Grafik: © Goethe-Institut

  • Videolavhalar: Germaniyada kunlik hayot

    Germaniya laboratoriyasi

    Pivo, kolbasa, sovuq... Xo‘sh, bu so‘zlarni eshitib Germaniyani o‘yladingizmi? Ushbu video turkumida Nina va David Germaniya haqidagi stereotiplarga nazar tashlaydi. Qaysilari haqiqatga to‘g‘ri keladi? Qaysilari yo‘q? Nima bo’lishidan qat’iy nazar, Germaniya Sizni ajablantirishi aniq! Sahifamizga tashrif buyuring va video lavhalardan bahramand bo’ling. A2 darajadan boshlab, Siz videolarni aniqroq tushuna boshlaysiz.

    Nina und David vom Deutschlandlabor Grafik: © Goethe-Institut | DW Grafik: © Goethe-Institut | DW

Bizni kuzatib boring