Kundalik hayot

Germaniyada yashash va ishlashni xohlaysizmi? Bu yerda siz nemis tilidagi bilimlaringizni yaxshilash uchun bepul mashqlar, ilovalar va filmlarni topasiz - A1 dan B2 va hatto C2 gacha. Undan tashqari mashqlar sizni Germaniyadagi kundalik hayotga ham tayyorlaydi, masalan, "Yashash" yoki "Xarid qilish" mavzularida muloqot qilish uchun. Germaniyada bugungi kunda ishlayotgan odamlar siz bilan o'z tajribalari haqida o'rtoqlashadilar.

Quloqchinlar bilan jilmayib turgan ayol © Goethe-Institut, Getty Images

  • Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar

    Germaniyaga yo‘lim

    Germaniyaga borishni rejalashtiryapsizmi? Unda bu sahifa aynan siz uchun! Bu yerda Siz A1 darajasidan B2 darajasigacha bo‘lgan nemis tilida yoki o‘zingizga qulay boshqa tilda Germaniyada yashash va ishlash haqida muhim va foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin – matnlar, videolar va xaritalar bilan.

    Das Gesicht einer jungen dunkelhaarigen Frau ist vor dem Brandenburger Tor zu sehen im Sonnenlicht. © Alina Holtmann / Maridav © Alina Holtmann / Maridav

  • YouTube

    24 soat nemis tili

    Salom! Men Ida – YouTube’dagi nemis tili o‘qituvchingizman. Mening videolarim orqali siz grammatika, yangi so‘zlarni o’rganasiz hamda Germaniyada yashash bo‘yicha foydali maslahatlarni olasiz. Hammasi oson va bepul. Agar siz nemis tilini biroz bilsangiz, videolarni osongina tushunasiz. Bu ayniqsa A2 dan B1 gacha bo‘lgan nemis tili o‘rganuvchilari uchun juda foydali.

    Ida aus 24h Deutsch mit einem Mikrofon in der Hand Foto: © Goethe-Institut Foto: © Goethe-Institut

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    TikTok va Instagramda nemis tilini o‘rganish

    Jamoamizga xush kelibsiz! TikTok va Instagram kanallarimizda Berlin shahridan Aleks hamda dunyoning turli mintaqalaridan bo’lgan insonlar sizni kutishmoqda. Bu yerda siz nemis tili, Germaniya va boshqa mamlakatlardagi kundalik hayotning qiziqarli jihatlari haqida ma’lumot olasiz. Shuningdek, siz ham boshqalar bilan fikr almashishingiz mumkin.

    Deutsch lernen auf TikTok und Instagram © Goethe-Institut © Goethe-Institut

  • O'yinlar ilovasi

    So’zlar shahri

    Siz nemis tilini boshlang‘ich darajada bilasiz va o‘yin orqali yangi so‘zlarni oson va qiziqarli tarzda o‘rganmoqchimisiz? Unda ushbu bepul o‘yin ilovasini yuklab oling! O‘yin A1/A2 darajasidagi barcha nemis tili o‘rganuvchilari uchun mos keladi. O‘yin davomida siz boshqa o‘yin ishtirokchilari bilan fikr almashasiz va ko‘plab foydali so‘zlarni o‘rganasiz.

     Screenshot aus der Anwendung Die Stadt der Wörter Grafik: © Goethe-Institut Grafik: © Goethe-Institut

  • O'yinlar ilovasi

    „Deutschland. Kennen. Lernen“

    Germaniyani kashf eting va nemis tilini o‘rganing! “Deutschland. Kennen. Lernen.” bepul ilovasi va rang-barang Germaniya posteri yordamida qiziqarli kengaytirilgan reallik (AR) funksiyalarini sinab ko’ring! Ko‘plab interaktiv mashqlar orqali o‘yin tarzida nemis tili bilimlaringizni yaxshilash imkoniyatidan foydalaning.
     

  • 7 junge Menschen stehen nebeneinander und schauen gemeinsam auf Smartphones oder Tablets

  • Ijtimoiy tarmoqlar

    Facebookda nemis tilini o’rganish

    Siz ayni paytda dunyoning turli burchaklarida nemis tilini o‘rganayotganlar bilan tanishishni xohlaysizmi? Unda mana bu Facebook sahifasiga bir nazar tashlang. Bu yerda Siz fikr almashishingiz va bepul nemis tilini o’rganishingiz mumkin. Bundan tashqari, bizning til kurslarimiz haqidagi muhim ma’lumotlar va Germaniyadagi kundalik hayot bo‘yicha foydali maslahatlar ham olasiz.

    Facebook Foto: © Goethe-Institut, Sonja Tobias Foto: © Goethe-Institut, Sonja Tobias

  • Germaniyada kundalik hayot

    Berlinga chipta

    Oltita nomzod, ikkita jamoa, bir maqsad: Berlin. Germaniyaning u yog’idan bu yog’iga sayohat davomida butun dunyodan kelgan oltita yosh nemis tilini o’rganuvchilar qiziqarli qiyinchiliklarni yengishlari kerak.

    Ticket nach Berlin © Goethe-Institut © Goethe-Institut

Tavsiyalar

Bu erda biz nemis subtitrlari bilan nemis filmlari va seriallari tanlovini taqdim etamiz, ular hozirda jamoat teleradiokompaniyalarining media kutubxonalarida, shuningdek Germaniyadagi turli oqim platformalarida mavjud

Tavsiyalar sahifasi © Goethe-Institut / Tobias Schrank © Goethe-Institut / Tobias Schrank

Bizni kuzatib boring