Bilim va ta‘lim

Nemis tilini bepul o'rganishni va shu bilan birga keyingi viktorina shousiga tayyorgarlik ko'rishni xohlaysizmi? Unda bu yerga qarang. Biz siz uchun dunyo va Germaniya haqida oson va murakkab bilimlar savollarini tayyorladik. Masalan: Dunyoning qaysi mintaqasida eng ko'p pingvinlar yashaydi? Nemis ixtirochisi Karl Benz ta’tilda qanday kasb bilan shug’ullangan? Nimalarga qodir ekanligingizni ko'rsating va bilimingizni sinab ko'ring!

Tadqiqot paytida jilmayib turgan ayol © Goethe-Institut, Getty Images

  • Bolalar uchun platforma

    Bolalar onlayn universiteti

    Avtomobillar qanday qilib o‘z-o‘zidan harakatlana oladi? Nima uchun chig‘anoqni quloqqa tutganda tovush eshitiladi? Nnima uchun odam uxlashi kerak? Dunyo turli qiziqarli savollarga to‘la. Bu kabi savollarga bizdan javob topishingiz mumkin – oddiy, tushunarli va mutlaqo bepul. Professor Eynshteyn va Sofiya Shlau Siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutishmoqda!

    KinderUni    

  • Yoshlar uchun platforma

    Yoshlar onlayn universiteti

    Koinot qanday ko’rinishda? Elektr tokimiz qayerdan keladi? Yoki robotlar qanday ishlashini bilmoqchimisiz? Bizning nemis onlayn yoshlar universitetimizda bunga o‘xshash savollarga javob topish, shu bilan birga nemis tilini bepul o‘rganish va bilimlarni mustahkamlash mumkin. Nemis onlayn yoshlar universiteti aynan A1/A2 va A2/B1 darajadagi o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.

    JuniorUni Foto: © Goethe-Institut Foto: © Goethe-Institut

  • Podkast „Qisqa va lo‘nda“

    Siyosat, iqtisodiyot, jamiyat haqida

    Ushbu podkastda Germaniya va dunyodagi siyosat, iqtisodiyot va jamiyat bilan bog‘liq mavzular yoritiladi. Masalan: Germaniyada Yevropa ta’siri qay darajada? Xitoy bilan savdo aloqalari qanday holatda? Tinglab tushunishga doir matnlari nemis tilida bo‘lib, B2/C1 darajasi uchun mosdir.

    Smartphone auf dem der Podcast kurz & bündig läuft Foto: © Goethe-Institut, Europanetzwerk Deutsch Foto: © Goethe-Institut, Europanetzwerk Deutsch

  • Videolavhalar: Germaniyada kunlik hayot

    Germaniya laboratoriyasi

    Pivo, kolbasa, sovuq... Xo‘sh, bu so‘zlarni eshitib Germaniyani o‘yladingizmi? Ushbu video turkumida Nina va David Germaniya haqidagi stereotiplarga nazar tashlaydi. Qaysilari haqiqatga to‘g‘ri keladi? Qaysilari yo‘q? Nima bo’lishidan qat’iy nazar, Germaniya Sizni ajablantirishi aniq! Sahifamizga tashrif buyuring va video lavhalardan bahramand bo’ling. A2 darajadan boshlab, Siz videolarni aniqroq tushuna boshlaysiz.

    Nina und David vom Deutschlandlabor Grafik: © Goethe-Institut | DW Grafik: © Goethe-Institut | DW

  • Podkast „Superayollar“

    Feminizm, madaniyat va jamiyat haqida

    Ushbu podkastda dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan ayollar hikoyalari haqida so‘z boradi. Ularning xilma-xilligiga qaramay, ularni bir jihat birlashtiradi: ular – ibratli shaxslar. Ularning hayot yo‘llari qiziqarli, sportga oid, aqlli yoki jasoratli. Tinglab tushunishga doir matnlari nemis tilida bo‘lib, B2/C1 darajasi uchun mosdir.

    Superfrauen Podcast Grafik: © Goethe-Institut Grafik: © Goethe-Institut

Tavsiyalar

Bu erda biz nemis subtitrlari bilan nemis filmlari va seriallari tanlovini taqdim etamiz, ular hozirda jamoat teleradiokompaniyalarining media kutubxonalarida, shuningdek Germaniyadagi turli oqim platformalarida mavjud

Tavsiyalar sahifasi © Goethe-Institut / Tobias Schrank © Goethe-Institut / Tobias Schrank

Bizni kuzatib boring