Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Getvico24+

GETVICO24+ - nemis tili oʻqituvchilari uchun virtual anjuman boʻlib, unda 24 soat ichida dunyo boʻylab sayohat qilishingiz mumkin. 

Joriy yil GETVICO24+ anjumani 2024 yil 6 iyundan - 7 iyungacha markaziy yevropa yoz vaqti boʻyicha (MESZ) bo'lib o'tadi. Hozirdan boshlab Siz anjumanda qatnashish uchun bepul ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish haqida batafsil ma'lumotni quyida topishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish va dastur
 

GETVICO24

GETVICO24 DO'STLARI DIQQATGA: Anjuman yana boshlanmoqda!

Gyote Institutining nemis tili o’qituvchilari uchun bo’lgan GETVICO24 onlayn konferentsiyasi 2024 yilda keyingi anjumanini o’tkazishni rejalashtirmoqda. 2024-yil 6/7-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan xalqaro konferentsiyamizda maʼruzachi yoki ishtirokchi sifatida ishtirok eting va butun dunyo mutaxassislar bilan kechadigan fikrlar almashinuvi va barqaror aloqaga o’z hissangizni qoʻshing!

Call for Papers 2024 © Goethe-Institut e.V.

Bu yilgi konferensiyaning shiori “Nemis tili harakatda”. Nemis tilini CHET TILI SIFATIDA O’QITISH qayerga qarab bormoqda? Bugungi kunda nemis tilini o’qitishda va o’rganishda qaysi amalda tekshirilgan metodlar qo’llanilmoqda va kelajakda bizni nima kutmoqda? O’quvchilaringizni nemis tilini o’rganishga va o’zlashtirishga, qolaversa nemis tilini o’rganish orqali kasbiy hayotga qadam qo’yishga undashning samarali usullari nimalardan iborat? Nemis tilini chet tili sifatida o’qitish va o’rganish sohasiga ta’sir qiluvchi qiziqarli va dolzarb mavzular doirasi keng qamrovda bo’lganligi uchun, bu mavzular atroflicha o’rganilishi lozim. Sizni ishtirok etishga va o'z g'oyalaringizni biz bilan baham ko'rishga taklif qilib qilamiz!

Bu erda barcha xoxlovchilar uchun butun dunyo bo’ylab Nemis tilini BIRINCHI va IKKINCHI xorijiy til sifatida o’qitayotgan o’qituvchilarning g'oyalari va kasbiy faoliyatlari natijasida erishgan yutuqlarining natijalari to’g’risida ma'lumot mavjud.

Tezislarni Lime Survey Tool orqali yuborish mumkin. O'z taqdimot g'oyalaringizni taqdim etishingiz mumkin bo'lgan to'rtta tematik blok mavjud:
  • Nemis tilini chet tili sifatida o’qitish harakatda - status-kvo, tendentsiyalar, innovatsiyalar
  • Nemis tili meni o’zgartirmoqda– hissiyot bilan o'rganish, harakat orqali o'rganish, ijtimoiy o'rganish va motivatsiya
  • Nemis tili bizni o’zgartirmoqda – nemis tilini o'qitish va o'rganishning professional kasb doirasidagi ta'siri
  • Nemis tili o'zgarmoqda – Til va undan foydalanish qanday o'zgarmoqda
Bu yil siz anjuman doirasida o'z hissangizni ma'ruza (interfaol ma'ruza ko‘rinishida) yoki seminar orqali qo‘shishingiz mumkin. Aniq dizayn, masalan, seminarning interfaol ko’rinishi bilan bog’liq disayn sizning ixtiyoringizga havola qilinadi. Har ikkala format ham 30 daqiqa bilan cheklangan. Lime Survey dasturi orqali taqdimot g’oyalarjngizni yuborayotganda ma’ruza yoki seminaringiz dizaynini ham qisqa yoritishingiz talab qilinadi.

Anjuman uchun Zoom Events dasturidan foydalaniladi. Iltimos, dasturiy ta'minotni kompyuteringizda ishlatishingiz mumkinligini, sizda veb-kamera va mikrofon (naushnik tavsiya etiladi) va barqaror internet aloqasi mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Anjumanda ishtirok etish uchun g‘oyalarni taqdim etishning oxirgi muddati – 2024-yil 25-mart, sabrsizlik bilan ko‘plab takliflaringizni kutib qolamiz.

Va undan keyin nima bo'ladi? Aprel oyining boshida siz bizdan sizning taqdimot g‘oyangiz qabul qilingan yoki qilinmaganligi haqida ma'lumot olasiz. Agar siz ijobiy javob olgan bo‘lsangiz, konferentsiyada taqdimotingizning aniq vaqtini siz bilan muhokama qilamiz.

Anjumanda taqdimot qilishni istamagan, lekin anjumanda ishtirok etishni xohlaydigan qiziquvchilar uchun eslatma: 2024 yil 1 apreldan boshlab konferentsiyaga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin, anjumanga ishtirok etish uchun havola ushbu veb-saytda taqdim etiladi. Ushbu sanani kundaligingizga belgilang.

Sizni (yana) GETVICO24-da ma'ruzachi yoki ishtirokchi sifatida kutib olishni intiqlik bilan kutamiz va siz bilan samarali va ilmiy fikrlar almashinuvni kutib qolamiz!

Siz oʻz taqdimot g‘oyalaringizni shu yerda yuborishingiz mumkin:
 

BOG'LANISH

Agar sizda biron bir savol bo'lsa,  getvico24@goethe.de yoki tanlov haqida Sizni ogohlantirgan mamlakatingizdagi Gyote-Institutiga murojaat qiling.