Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Nemis tili o'qituvchilari uchun "YASHIL DIPLOM" ta'lim dasturi

Grünes Diplom © Goethe-Institut

2022-2024 YILLAR UCHUN QABUL


Gruziya, Qozogʻiston, Rossiya, Oʻzbekiston va Ukrainadagi Gyote Institutlari turli mamlakatlar Gyote Institutlarida nemis tilini chet tili sifatida malakali oʻqitish maqsadida, yuqori motivatsiyaga ega nemis tili oʻqituvchilari uchun oʻquv dasturini taklif etadi.

Ta‘lim taxminan 1,5 yil davom etadi, 2022 yil iyunidan 2024 yil yanvarigacha.

Ta‘lim davomida siz nazariy va amaliy o'quv modullarida nemis tilini chet tili sifatida o'qitishning eng zamonaviy didaktik usullari bilan tanishasiz.
Siz oʻquv platformasidan foydalangan holda yakka tartibda va guruhda ta’lim olayotgan Institutingizda hamrohlik qiluvchi tajribali oʻqituvchilar nazorati ostida ta’lim olasiz va Sharqiy Yevropa/Markaziy Osiyo yoki Germaniyadagi Institutlarda xalqaro seminarlarda bilim va koʻnikmalaringizni oshirasiz (an’anaviy tarzda yoki onlayn).
Ta’limni muvaffaqiyatli tugatganingizdan so'ng, Siz "Grünes Diplom" olasiz va sizga Gyote institutida to'lov asosida o'qituvchi sifatida ishlash imkoniyati beriladi.