Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Multiplikatorarni tayyorlash 2018-2020

Group of young people in business training © Fotocredit: Panthermedia/Fabrice Michaudeau
Nemis tili o`qituvchilarining malakasani oshirish Gyote Institutining ustuvor vazifalaridan biridir. Malaka oshirish kurslari doirasida nemis tili o`qituvchilari nemis tili chet tili sifatida darsining metodikasi/didaktikasi sohasidagi dolzarb o`zgarishlar bilan tanishadi. Malaka oshirish kurslarining barchasi Gyote Institutining multiplikatorlari tomonidan o`tkaziladi. Multiplikatorlar – puxta bilimli va faol nemis tili o`qituvchilari bo`lib, ular Gyote Institutining topshirig´i asosida nemis tili darsining didaktikasi/methodikasi bo`yicha malaka oshirish kurslarini shaxsiy ishtirok, onlayn yoki qo`shma shakllarda o`tkazishadi hamda Gyote Institutiga ta`lim loyihalarini rejalashtirishda, tayyorlash va amalga oshirishda ko`mak berishadi. O’z amaliy tajribalariga qo`shma ravishda multiplikatorlar Gyote Instituti tomonidan bu faoliyatlari uchun maxsus o`quv kurslarda tayyorlanadi, ularning malakasi muntazam ravishda oshiriladi va faoliyatlari tizimli ravishda baholanadi.

2018-2020 yillada O´zbekistondagi Gyote Instituti qiziqishi yuqori bo`lgan va o`qituvchilar malakasini oshirish sohasida ishlamoqchi bo`lgan nemis tili o`qituvchilariga 18 oylik bepul tayyorlov kurslarida o’qib Gyote Institutining multiplikatori bo`lishni taklif etadi.

Mazkur kursga yoziling, agar Siz:
  • nemis tilini chet tili sifatida biror davlat ta`lim muassasida (muassasa qaysi bosqichda bo`lishidan qat`iy nazar) kamida 3 yil o`qitayotgan bo`lsangiz;
  • til bilimingiz yaxshidan to juda yaxshi darajada (GER talablari bo`yicha C1 darajasida) bo`lsa;
  • metodik-didaktik mahoratingizni rivojlantirish va takommilashtirishni istasangiz;
  • nemis tilini o`z ta`lim muassasangizda va yashash joyingizda ommalashtirishga hissa qo`shishga tayyor bo`lsangiz;
  • O`zbekistondagi[RS1]  Gyote Instituti bilan hamkorlik qilishga qiziqsangiz;
  • multiplikator sifatida ishlamoqchi bo`lsangiz va Gyote Institutining topshirig`i asosida malaka oshirishlarni o`tkazishga tayyor bo`lsangiz. 

NOMZODLARNI TANLAB OLISH TARTIBI:

Arizalarni topshirish muddati tugaganidan so`ng 25 nomzod „Darsni rejalashtirish“ mavzusiga bag`ishlangan onlayn malaka oshirish kursiga taklif etiladi. Mazkur malaka oshirish kursi Sizga o`z bilimaringizni va dars o`tish amaliy ko`nikmalaringizni takommillashtirishga va chuqurlatirishga yordam beradi. Mazkur onlayn kurs 2018 yil 17 sentyabr kuni boshlanib, 10 hafta davom etadi.

Kurs topshiriqlarning 70% ni bajargan bo`lsangiz, kursni muvaffaqiyatli tugatgan hisoblanasiz. Kursni muvaffaqiyatli tugatganingiz uchun Sizga Toshkentdagi Gyote Institutining tomonidan ichtirok haqida ma`lumotnoma beriladi.

Onlayn kursining tutorlari va koordinatorlari tomonidan mazkur kursni eng yaxshi baholar bilan tugatgan 12 ishtirokchi tanlab olinadi va 2018 yil dekabr oyida Toshkentga qisqa muddatli seminarga taklif etiladi, bu yerda multiplikatorarni tayyorlash ta`limida ishtirok etish masalasi uzil-kesil hal qilinadi.

TA`LIM JARAYONI VA MAZMUNLARI:

Multiplikatorarni tayyorlash kursining o`zi 2019 yil boshida boshlanib, 2020 yil o`rtalarigacha davom etadi. Siz eng zamonviy metodik-didaktik mazmunlari bilan innovasion DLL dasturi asosida hamda kattalarga dars o`tishda seminarlar didaktikasi va tutorlik faoliyati bilan tanishib olasiz.

Butun ta`lim „Blended Learning“, ya`ni aralash shakldagi kurs sifatida ishlab chiqilgan, u xatti-harakatlarni ilmiy o`rganish asosida bir-necha shaxsiy ishtirokka asoslangan va bir-necha onlayn bosqichlardan iborat. Siz yakka tartibda o`quv platformasi orqali yoki guruhda shaxsiy ishtirok talab etilgan seminarlarda bilim orttirasiz, eng ohirida esa bilimaringiz va ko`nikmalaringizni Germaniyada bo`lib o`tadigan seminarda chuqurlashtirasiz.

Mazkur ta`limni muvaffaqiyatli tamomlaganingizdan so`ng Sizga Gyote Institutinining sertifikati beriladi, u Sizga o`qituvchilarning malakasini oshirish kurslarini turli shakllarda (shaxsiy ishitirokka asoslangan yoki onlayn yoki „Blended Learning“ shakllarida) mustaqil ravishda Gyote Institutining topshig`i asosida olib borish ham huquqini ham majburiyatini beradi.

KURSGA YOZILISH:

Hujjatlar topshirish muddati tugagan.


Talab etilgan hujjatlar:
  • To`ldirilgan ariza formulyari – ariza alohida hujjat sifatida yuborilishi shart
  • Motivasiyon xati
  • Aktual tarjimai hol fotosuratingiz bilan
  • Malaka va tajribangizni tasdiqlovchi hujjatlar
  • Agar mavjud bo`lsa, nemis tili sertifikatlaringizning nusxalari

Aloqa

Dilorom Ismatillaeva © Goethe-Institut Usbekistan Dilorom Ismatillaeva
Axborot va kutubxona bo'limi xodimi
Tel. +998 78 1401470
Faks. +998 78 1401471
dilorom.ismatillaeva@goethe.de