Nyurnberg tavsiyalari
Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishning dolzarb holati va uning istiqbollari

Об актуальной ситуации и перспективах раннего изучения иностранных языков

Nürnberger Empfehlungen: Situation und Perspektiven © Goethe-Institut

Bugun xorijiy tillarni o’rganishni bundan 15 yil oldingiga qaraganda ertaroq boshlash dunyo bo’ylab an'ana tusiga kirib borayotganini kuzatish mumkin. Xorijiy tillarni erta yoshdan o’qitishni tizimli va o’quv muassasalariaro rejalashtirish, uni Curricula („curricula“ – o’quv dasturlari – tarjimon izohi) asosida amalga oshirishni ta’minlash va buning uchun kеrakli mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi olib borilayotgan sa'yi-harakatlar hamma joyda kuzatilmoqda. 

Milliy va xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadqiqotlar yosh bolalar uchun mo’ljallangan chet tili darslari kutilgan natijalarni berishi mumkinligini isbotlamoqda. Bolalar yangi tilni katta qiziqish bilan o’rganadilar. 

Ularga yetarlicha sharoit yaratib berilsa, boshlang’ich kommunikativ kompetentsiya va lingvistik ongni rivojlantiradilar. Bu yutuqlarga erishish esa til siyosati, pedagogika hamda xorijiy tillar didaktikasi bilan aloqador shart-sharoitlarga bog’liqligi barchaga ma'lum, biroq ko’p joylarda bularga hamon yetarlicha e'tibor qaratilmayapti [1].

Til siyosatining ishtirokchilari

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishning umumiy talablarini amalga oshirish bolalar bog’chasi, tayyorlov maktablari va boshlang’ich maktablardan tashqarida qabul qilinadigan ta'lim va til siyosati borasidagi qarorlarga bog’liq.

Xorijiy tillarni tanlash va tillar ketma-ketligi

Mamlakatda qaysi xorijiy tillar o’rganilishi ko’p omillarga bog’liqdir. 

Chet tilini o’rgatish konsepsiyalari

Yosh bolalar uchun mo’ljallangan chet tili darslari bolalarda o’rganilayotgan tilga nisbatan qiziqish uyg’otishi hamda ularni yangi, hali notanish tilda muloqot qilishga chorlashi lozim. 

Standartlar

«Xorijiy tillar bo’yicha umumevropa tavsiyalari» qo’llanmasining yuzaga kelishi sharofati bilan endi o’quvchining chet tilini qanday bilish holatini til bilish darajasi bosqichlari bo’yicha aniqlab tavsiflab berish mumkin.


Manbalar
[1] qiyoslang: Edelenbos, Johnstone & Kubanek (2006); Edelenbos, Kubanek (2007); Engel, Grooth-Wilken & Thürmann (2009)