Nyurnberg tavsiyalari
Erta yoshda chet tillarini o’rganish va uning umumiy shartlari

Раннее изучение иностранных языков и его нормативные условия

Nürnberger Empfehlungen: Rahmenbedingungen © Goethe-Institut

Bolaning chet tillarini o’rganishi ularga har tomonlama yaratilgan shart-sharoitlarga bog’liq, bu haqda ushbu bo’limda batafsil to’xtalib o’tiladi. Bola ilg’amaydigan omillar yoki muassasalar (masalan: maktab rahbariyati, idora va uyushmalar) bilan bir qatorda bolaning yaqin atrofidagi kishilari, ota-ona va oila a’zolari, tarbiyachi va o’qituvchilar ham unga ta'sir etadilar. 

Ta'lim rejalari to’g’risidagi kompetentsiya profillari va ular bilan bog’liq ta'lim mazmuni bolalar bog’chasidan boshlab belgilab beriladi. Darslarda qo’llaniladigan metodlar va texnik vositalar ham o’quvchining yaxshi o’zlashtirishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Turli test va baholash usullari o’quv jarayonida boshidanoq qo’llab boriladi. 

Bolani o’rab turgan shart-sharoitlarga aloqador omillar tarmog’i to’g’risidagi tassavvur kichik yoshda chet tilini o’rganish jarayoniga bo’ladigan ta'sirlarning nechog’li keng qamrovli ekanini namoyon qilishi lozim. Chet tilini o’qitishda asosiy e’tibor doimo shaxsiy imkoniyatlari doirasida chet tili bilimlarini rivojlantirib boradigan bolaga qaratiladi.

Bola diqqat markazida

Kichik yoshlilar uchun mo’ljallangan chet tilli darslari bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishi lozim.

Lingvist tarbiyachilar va chet tili o’qituvchilari

Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatishda asosiy vazifa tarbiyachilar va o’qituvchilar zimmasiga tushadi.

Ota-onalar

Ba'zan ota-onalar hamda o’qituvchilar kichik yoshda xorijiy tillarni o’rganish bolalar uchun og’irlik qiladi deb xavotirga tushsalarda, bugun ko’pchilik ota-onalar erta yoshda chet tillarini o’rganishni farzandlariga berilgan imkoniyat deb bilmoqdalar.

Ta'lim maskanlari

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganish bolalar bog’chalari, maktablar va boshqa ta'lim dargohlarida amalga oshiriladi.

Maqsadlar

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rgatish jarayonida bolalarga rivojlanish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish maqsadida barcha resurslardan to’la foydalaniladi, bola umumiy rivojlanishining emotsional, ijodiy, ijtimoiy, kognitiv va lingvistik o’lchov birliklari shular jumlasiga kiradi. 

Ta'lim mazmuni

O’quv mazmuni tematik va lingvistik jihatdan bolaning qiziqishi hamda o’rganish psixologiyasi bo’yicha rivojlanishiga qarab tanlab olinadi. 

Metodik-didaktik tamoyillar

Erta yoshda xorijiy tillarni o’rganishda bolaga uning yaxlitligicha va asosiy ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda yondashish lozim.

Axborot-texnika vositalari

Axborot-texnika vositalari (ATV) bugungi kunda bolalar olamiga hamohang ruhda kirib kelmoqda.

Tashhis, bilim darajasini aniqlash va baholash

Bolalarning ta'lim olish jarayonida mas'uliyatli qatnashmoqchi bo’lgan tarbiyachi va o’qituvchilar uchun erta yoshda chet tillarini o’rganishdagi o’quv jarayonini kuzatib borish, hujjatlashtirish va uzviy tahlil qilib borish muhim hisoblanadi.