Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

„Mening kasbim – mening kelajagim“ videolar tanlovi

Berufsorientierung 09.12.21
 

O'zbekistondagi Gyote-Instituti va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Kasbga yo’naltirish va nemis tili” loyihasi doirasida „Mening kasbim – mening kelajagim“ mavzusida videolar tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda, loyihada ishtirok etayotgan 10 ta o’rta umumta’lim maktablari o’quvchilari ishtirok etdilar. O’quvchilar o’z videolarida kelajakdagi o’z korxonalarini aks ettirishga harakat qildilar. Tanisching, tanlov g’oliblari:

1 - o’rin: Namangan viloyati,Chust tumani, 10-o’rta umumta’lim maktabi o’quvchilari Kurbanova Sayyora, Azimova Ozoda, Turg’unova Nilufar, Rahmonova Ruxshona.

2 - o’rin: Farg’ona viloyati, Oltiariq tumani, 38- o’rta umumta’lim maktabi o’quvchilari Orifjonova Ruxshona, Rahimov Mukhammadrasul, Xolmatova Muslima.

3 - o’rin: Buxoro viloyati, Shofirkon tumani 23- o’rta umumta’lim maktabi o’quvchilari Shukurillaeva Marjona, Hamrokulova Gulnora, Mavlonov Askar va Hakkulov Sherzod.

G'oliblarga O’zbekistondagi Gyote-Institutining esdalik sovg’alari va sertifikatlari berildi.