Tabbiiy-ilmiy ko'rgazma
KOINOT. INSON. AQL IDROK.
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Germaniyaning Toshkentdagi Gyote-Instituti bilan 2018 yildan beri hamkorlik qilib keladi. O‘tgan davr mobaynida andijonlik yoshlar o‘rtasida nemis tilini keng targ‘ib qilish hamda intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan, Yevropa, Amerika va Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida namoyish etilgan “Ekologik ong – tabiatdan saboq olmoq”, “Matematikani qo‘lga ol” hamda “Koinot. Inson. Aql-idrok” interfaol ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmalar ta’lim jarayonida fanlararo uzviylikni targ‘ib qilish, alohida fanlarni nemis tilida o‘qitish, shuningdek, matematika, informatika kabi tabiiy va texnik fanlarni o‘rganishga qiziqishni oshirishga qaratilgan.
Ayni vaqtda muzeyda “Matematikani qo‘lga ol” hamda “Koinot. Inson. Aql-idrok” ko‘rgazmasi bo‘lib, ko‘rgazma yoshlarda tabiiy fanlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga qiziqishni uyg‘otish, ularni mustaqil fikrlashga chorlash, shuningdek, Germaniyaga va nemis tiliga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.