Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

MOBIL ANJUMAN

Nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani Urganch shahrida
© Goethe-Institut Usbekistan

2022 yilning 12-13 may kunlari nemis tili o’qituvchilarining navbatdagi mobil anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda ishtirok etish uchun Xorazm viloyatining nemis tili o’qituvchilari taklif etiladi.

Anjuman davomida Siz bir qancha qiziqarli mahorat darslari va malaka oshirish seminarlarida ishtirok etish orqali Siz nafaqat o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga Xorazm viloyatidagi o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ham ega bo’lasiz.

Anjuman Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O’zbekistondagi Gyote-Instituti Xorazm viloyatidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kollejida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif etadi.

Ishtirok etish uchun ilovadagi arizani to’ldirib 01.05.2022 gacha ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.

Ariza shakli ushbu havola orqali