Xalqaro nemis tili olimpiadasi 2022

GIF zur internationalen Deutscholympiade IDO 2022 in Hamburg mit dem Schriftzug "Dabei sein" und grafischen Elementen, die Wahrzeichen der Stadt Hamburg zeigen, darunter die Elbphilharmonie. © Goethe-Institut

Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO) nemis tili boʻyicha dunyodagi eng yirik musobaqadir. Joriy yilda u 25 iyuldan 5 avgustga qadar “ISHTIROK ET! Gamburgda birga shiori ostida bo’lib o‘tadi. Final uchun Gamburgda 70 ta davlatdan 140 ga yaqin maktab o‘quvchilari to‘planishadi.
 

Mazkur musobaqa dunyo bo'ylab maktablarda nemis tilini o’rganayotgan 13 millionga yaqin o’quvchilarni bellashuvga chorlaydi. 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 140 dan ortiq nemis tili o‘rganuvchilar 70 dan ortiq ishtirokchi-mamlakatlarda dastlab milliy saralash bosqichida qatnashadilar va yuqori natijalarni qo’lga kiritgan o‘quvchilar 2022 yilning yozida xalqaro nemis tili olimpiadasi tomon Gamburgga yo‘l oladilar. Shuningdek o’quvchilarga hamrohlik qiluvchi faol o'qituvchilar uchun Gamburgda olimpiada doirasida didaktik va uslubiy mavzular bo'yicha seminarlar tashkil etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari mamlakat doirasida bo'lib o’tadigan bilimlar bellashuvida g’olib sifatida aniqlanganidan so‘ng Germaniyada bo’lib o’tadigan final bosqichida o'z mamlakatlari sharafini himoya qiladilar. Unda milliy saralash bosqichlarining g‘oliblari uch xil til bilish darajalari bo‘yicha  1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bellashadilar. Bu yerda nafaqat til bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiya va xalqaro guruhlarda ishlay olish qobiliyati ham talab qilinadi. Ishtirokchilarning alohida shakldagi va jamoaviy natijalari xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.
 
Shuningdek, final uchrashuvda bu safar ham ishtirokchilarni qiziqarli va rang-barang dasturlar, yoshlar, kompaniyalar, san’at va madaniyat arboblari, ijodkorlar bilan har xil uchrashuvlar kutmoqda. IDO 2022-  Xalqaro nemis tili olimpiadasi Gyote-Instituti tomonidan IDV-Xalqaro nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
 

IDO-2022 |O‘zbekistondagi Gyote-Institutida saralash tanlovi © Goethe-Institut Usbekistan

O‘zbekiston IDO da ishtirok uchun saralash tanlovi

12-aprel, seshanba kuni O‘zbekiston Gyote institutida 2022-yilda Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro nemis tili olimpiadasi ishtirokchilarining milliy yakuniy saralash tanlovi bo‘lib o‘tdi.

IDO-2022 | Tojikiston © Goethe-Institut Usbekistan

IDOda ishtirok etish uchun Tojikistonda saralash tanlovi

2022-yil 22-aprel kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston) Gyote-Instituti xalqaro nemis tili olimpiadasi ishtirokchilarini aniqlash uchun milliy saralash musobaqasini o‘tkazdi. Tadbir Dushanbe shahridagi iqtidorli bolalar markazida bo‘lib o‘tdi.

O'zbekistonda milliy nemis tili olimpiadasi

Nemis tilidan A2, B1, B2 darajalaridan biri bo’yicha milliy olimpiada yoki boshqa milliy tanlovlar orqali xalqaro olimpiada (IDO) uchun saralangan o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar kamida 14 yoshda va 17 yoshdan katta bo'lmasliklari kerak.


KIMLAR IDO DA ISHTIROK ETISHI MUMKIN EMAS:
 
  • Ona tilisi nemis tili yoki ota-onasidan birining ona tili nemis tili bo'lgan o'quvchilar;
  • Olti oydan ortiq vaqt davomida nemis tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda doimiy yashagan o'quvchilar;
  • Xorijdagi nemis maktablari va ta'lim va muloqot tili asosan nemis tili bo'lgan mahalliy xususiy maktab o'quvchilari;
  • Voyaga yetgan o'quvchilar;
  • Biror universitetda o‘qishni boshlaganlar;
  • O’quvchilar haqidagi noto'g'ri ma'lumotlar IDO (Nemis tili bo’yicha xalqaro olimpiada) dan chtelashtirilishiga yoki unvonlar olib tashlanishiga olib keladi;
  • Har bir mamlakatdan ikkita ishtirokchi qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar nemis tili bo’yicha quyidagi darajalardan biri (A1, B1, B2) bo’yicha yoki bir xil darajadagi tanlovda ishtirok etishi mumkin.



 
IDO ishtirokchilari alohida ishtirokchi davlatlarning milliy musobaqalarida oldindan aniqlanadi va keyin Gamburgdagi final bosqichida o'z mamlakatini himoya qiladi.
O'zbekistondagi birinchi tanlov 12.04.2022 Toshkentda bo'lib o'tadi.
 
Aloqa uchun O'zbekistondagi Gyote-Instituti bilan bog'laning.
Savollaringiz bo'lsa, quyidagi manzilga murojaat qilishingiz so'raladi​​​
Shaxnoza.Astanova@goethe.de