IDOda ishtirok etish uchun Tojikistonda saralash tanlovi

IDO-2022 | Tojikiston
© Goethe-Institut Usbekistan

2022-yil 22-aprel kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston) Gyote-Instituti xalqaro nemis tili olimpiadasi ishtirokchilarini aniqlash uchun milliy saralash musobaqasini o‘tkazdi. Tadbir Dushanbe shahridagi iqtidorli bolalar markazida bo‘lib o‘tdi. 6 ta maktabdan 17 nafar ishtirokchi respublika miqyosidagi musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rganini isbotladi.

Dastlab ishtirokchilar yozma qismni yakunladilar, keyin esa qiziqarli taqdimotlar tayyorladilar. Taqdimot va undan keyingi taqdirlash marosimida ko‘plab o‘qituvchi talaba-yoshlar ham ishtirok etishdi. Guruhlarning saralangan “moderatorlari” o‘z guruhlarida “Musiqa qudrati” mavzusidagi suhbatlarini mahorat bilan boshqardi.

Musiqani o'rganishga katta qiziqish bildirildi; musiqaning turlari haqida ham gapirib o’tildi. Undan tashqari uchar DJ xam tilga olindi, bu ishtirokchilarni kelajakda musiqa yaratishga undashi aniq edi.
Hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini yuqori baholab, bu safar birinchi o‘rinni egallamaganlarni ham alohida rag‘batlantirishdi.

A2 darajasidagi g'oliblar B2 darajasidagi g'oliblar
1- o‘rin Yunusova Moxina, A2 1- o‘rin Turanov Axliddin, B2

Ikki g'olibni chin yurakdan tabriklaymiz.
Barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Gyote instituti, Germaniyaning Tojikistondagi elchixonasi va Tojikistondagi xalqaro aloqalar markaziy agentligining sovg‘alari topshirildi.

G‘oliblar yozda Gamburgda Gyote bo’lib o‘tadigan xalqaro nemis olimpiadasida Tojikiston sharafini himoya qiladi. Biz ularga omad tilab qolamiz!
  • IDO-2022 | Dushanbe © Goethe-Institut Usbekistan
  • IDO-2022 | Dushanbe 2 © Goethe-Institut Usbekistan
  • IDO-2022 | Dushanbe 3 © Goethe-Institut Usbekistan