WIR SIND DABEI!
Nemis tilini mukammal bilishi tufayli bu o'quvchi Toshkentdagi Gyote-Institutida milliy saralash bosqichlarida birinchi o‘rinni egalladi va 15. - 22 iyul kunlari Germaniyaning Göttingen shahrida bo‘lib o‘tgan jahon nemis tili olimpiadasida g'alaba qozondi.
Olimpiadaning final bosqichida 62 davlatdan 100 dan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Uchta til darajasida uchta ishtirokchi (A2, B1 va B2) Olimpiya oltin medallarini qo'lga kiritdi:
- Mahek Xon (Bangladesh A2);
- Rayyona Ibroximova (O‘zbekiston B1);
- Ana Kotevska (Shimoliy Makedoniya B2).
