Nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani Farg'onada

Nemis tili o’qituvchilarining mobil anjumani Buxoroda © Goethe-Institut Usbekistan

3-fevral kuni Farg‘onada, 2025‑yil noyabr oyida Goethe‑Institut O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan respublika nemis tili o‘qituvchilari anjumanida ishtirok eta olmaganlar uchun  Nemis tili o‘qituvchilarining mobil anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Farg‘ona Pedagogik Mahorat Markazi va Goethe‑Institutining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda jami 60 nafardan ortiq nemis tili o‘qituvchilari qatnashdi. Goethe‑Institutning tajribali mentorlari amaliy seminarlarga o'tkazdilar.

Anjuman markaz direktori Maftuna Xaqnazarovna hamda Goethe‑Institut O‘zbekistonning til bo‘limi rahbari Dildora Mukhammadaminova tomonidan ochib berildi. Ishtirokchilar uchta guruhlarga ajratildi va seminarlar jarayonida faol qatnashdilar.

Konferensiya yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzatib boring