Tez kirish:

To'g'ri mazmunga o'tish To'g'ri asosiy navigatsiyaga o'tish

Tanlov"Bizning yashil va shinam hovlimiz"

Tanlov "Bizning yashil va shinam hovlimiz"
© colourbox.de


Siz atrof-muhitga befarq emasmisiz?
Yashil o'simliklar va qulaylikni yoqtirasizmi?
Biz ham. Qolaversa, institutimiz “Yashil institut” loyihasi bilan birga tobora “Yashil” bo'lib bormoqda. 
Keling, hovlimizni birgalikda go‘zal va shinam jamoat joyiga aylantiraylik, u yerda o‘qish va ish oralig‘ida tanaffus qilib, ekologik madaniyatimiz va tabiatga muhabbatimizni oshiraylik. 
Sizning loyihalaringizga qo'shimcha qilishimiz lozim bo'lgan bir narsa bor, bu kichkina yog'och tapchan.
Biz o'z ixtiyorimizga ko'ra eng qiziqarli va mos loyihalarni tanlaymiz.

Tanlov shartlari:

  • Loyihalaringizni fotosuratlar, videolar, chizmalar, tavsiflar ko'rinishida 2 GB dan oshmaydigan hajmda Madina.Khaydarova@goethe.de ga yuboring;
  • Yashil hovlimiz loyihalarini 20.05.2022 gacha sizdan kutib qolamiz;
  • 14 yoshdan oshganlar qatnashishi mumkin;
Natijalar:
Tanlov natijalari 23.05.2022 kuni bizning ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinadi.

Sovrinlar:
Eng qiziqarli loyiha uchun sizlarni sovg'alar kutmoqda!
Goethe-Institutdagi istalgan bir til kursida o´qish uchun chegirma*:
  • Birinchi o'rin - 50% 
  • Ikkinchi o'rin - 30%  
  • Uchinchi o'rin - 20%
*Chegirma bir til kursi uchun shu yilning oxirigacha  amal qiladi.