"Yashil-Institut" strategiyasi doirasida Gyote-Institutda talabalar uchun 07.07. 2021 yil 31 –iyulgacha videotanlov e´lon qilindi!
Institutimiz tom ma´noda „yashil“ Gyote-Institut bo´lish uchun, kreativ yangi qoidalar tuzildi, ular tanlov uchun videorolikda ijodiy tarzda namoyish etildi.
Video quyidagilarni ko'rsatadi:
suv, elektr energiyasi va qog´ozni qanday tejash mumkin (broshyura o’rniga qabulxonadagi QR-koddan foydalanish);
chiqindilarni qanday qilib to´g´ri saralash;
Institut hududida tozalikka qanday rioya qilish mumkin va nima mumkin emas (ovqat qoldiqlari va chiqindilarni deraza tokchalari va o´quv xonalarida qoldirish);
odatlarimizni qanday o´zgartirishimiz mumkin (masalan, bir martalik plastik idish va paketlardan voz kechish);
«Safia» qahvaxonasidagi yangi qoidalar.
Eng qiziqarli video g'oliblari: Sagatova Umida va Udirbaeva Amaliya!