Bularning barchasi – oila! Sayyor ko'rgazma Andijonda

Oila har bir jamiyatning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo’lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo’ladi. Axir baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.

Toshkent Gyote-Instituti kutubxonasi va Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxonasi hamkorlikda “Bularning barchasi oila” mavzusida oila ko’rinishlari aks ettirilgan Myunhen Xalqaro Yoshlar kutubxonasining zamonaviy, rasmli kitoblardan tashkil topgan sayyor ko’rgazmasi namoyish etildi. “Maktablar kelajak hamkorlari” tashabbusida ishtirok etayotgan 4- va 23- sonli o´rta umumta´lim maktablari o’quvchilari uchun 4- sonli umum ta´lim maktabi nemis tili o´qtuvchisi Muqaddas Kosimova "Mening Oilam" mavzusidagi mahorat darsi bilan ko´rgazmani ochib berdi. Ochilish marosimida ushbu maktab o´quvchilari o´zlarining o’zlarining badiiy-musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Myunhen Xalqaro Yoshlar Kutubxonasi va Toshkent Goethe-Instituti tomonidan tashkillashtirilgan ushbu ko´rgazma iyun oyining o´rtalarigacha sizga Andijon shahridagi hamkor kutubxonamizga kelib, kitoblarni oilangiz bilan birga mutolaa qilish imkonini beradi.

  • Bularning barchasi – oila! Sayyor ko'rgazma © Goethe-Institut Usbekistan