Ko'rgazma „Matematikani qo’lga ol!“

„Matematikani qo’lga ol!“ © Mathematikum

Du, 11.03.2019 -
Pay, 11.04.2019

Urganch shahri

„Matematikani qo’lga ol!“

Gyote institutining „Matematikani qo’lga ol!“ ko‘rgazmasi

O'zbekistondagi Gyote-instituti, Xorazm viloyati Axborot-kutubxona markazi, Andijon viloyat tarixi va madaniyati Davlat muzeyi va Toshkentdagi Politexnika muzeyi bilan hamkorlikda „Matematikani qo’lga ol!“ interfaol ko'rgazmasini namoyish etadi.

«Matematikani qo’lga ol!» - bu nom ostida ushbu ko`rgazma 1994 yildan buyon o`tkazilib kelinmoqda, unda ishtirokchilar matematik hodisalarni bevosita “his etishlari” va shu tarzda matematikaga nisbatan yangicha yondashuv bilan qarashlari mumkin.

«Matematikani qo’lga ol!» ko`pchilikka vahimali tuyuladigan matematika tili yo`lidan bormaydi. Kompyuter simulyatsiyasi yo`lidan ham bormaydi, balki u ishtirokchilarga interfaol eksponatlarni namoyish etadi. Ishtirokchilar matematik hodisalarni mustaqil o`rgangan holda  yakka tartibda yoki guruh bo`lib tajribalar o`tkazadilar. Ko`rgazma hamma narsani qo`l bilan ushlab ko`rish, aql bilan tushunish va yurak bilan his etish kerak degan g`oyaga asoslanadi.Turli yoshga mansub va turli bilim darajasiga ega ishtirokchilar tajribalar o`tkazadilar: ular pazllar (quramalar) yasaydilar, ko`priklar quradilar, qur`a tashlash o`yinlarida bosh qotiradilar, o`zlaridagi iqtidorni kashf etadilar, sharlar poygasini kuzatadilar, ulkan sovun ko‘pigi ichida turadilar va boshqalar.

​UNTERRICHTSVORSCHLÄGE ZU DEN ARBEITSBLÄTTERN

ARBEITSBLÄTTER

Ortga