Festival JUNIOR-UNI FESTIVAL

Junior-Uni Festival © GettyImages

Shan, 20.11.2021

10:00 - 16:30

Gyote-Institut Toshkent

Bizning bo’lajak yosh olimlarimiz, siz ilmiy karyerangizni robototexnika va texnologiya, kosmosga sayohat va tabiatni tadqiq etish, energiya va barqaror rivojlanish sohasida bugunoq boshlashni va nemis tilida qiziqarli yangi so'zlarni o'rganishni xohlaysizmi? Unda bizning Junior-Uni festivali aynan siz uchun!

Junior-Uni festivalida sizni viktorinalar va ajoyib sovg'alar kutmoqda. Bu sizga "Junior Uni" qiziqarli o'quv loyihasi haqida ko'proq ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

Yosh tadqiqotchilar, bundan tashqari siz festival davomida qiziqarli bilimlarni kashf etasiz va nemis tili so'z boyligini kengaytirasiz.

Festival davomida siz qiziqarli eksperimentlarda qatnashishingiz va nemis tilini qiziqarli tarzda o'rganishni bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, biz sizga interaktiv seminar-darslar, tajribalar taklif etamiz.

"Digitale Junior-Uni" haqida qisqacha ma’lumot:

Digitale JuniorUni - Gyote-Institutining 13 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan yoshlar uchun mo'ljallangan yangi bepul ta'lim loyihasi. Nemis tilini o'rganayotganda robototexnika va texnologiya, kosmosga sayohat va tabiatni tadqiq etish, energiya va barqaror rivojlanish sohalaridagi eng qiziqarli savollarga javob topish imkoniyatini beradi. Yangi ma'ruzalarda yosh talabalar kosmosga uchishga qanday tayyorgarlik ko'rishni, robotlar odamlarning yuzini qanday tanishini, mashinalarni suv bilan to'ldirish, suv o'tlaridan energiya olish va boshqalarni o'rganishlari mumkin. Barcha ma'ruza va topshiriqlar nemis, o'zbek va rus tillarida olib boriladi.


Ishtirok etish uchun talablar:

Kim: 13-15 yoshli o’smirlar
Qachon: 2021 yil 20 -noyabr, 10:00 - 16:30.
Qayerda: Gyote institutida, Toshkent

Qanday qilib:
1 -qadam: "DIGITALE JUNIOR-UNI" da ro'yxatdan o'ting;

2 -qadam: Sizni qiziqtirgan fakultetni tanlang;

3 -qadam: Siz tanlagan fakultetdagi barcha ma'ruzalarni ko'rib chiqing va topshiriqlarni bajaring. Agar nemis tilini endi o’rganayotgan bo’lsangiz,  unda siz o'z ona tilingizda ma'ruzalarni ko’rib, vazifalarni bajarishingiz mumkin;

4 -qadam: Siz barcha ma'ruzalarni ko'rib chiqib, topshiriqlarni bajarganingizdan so'ng sizga sertifikat beriladi. Sertifikatni kompyuteringizda saqlang va uni bizga qo’yidagi elektron pochta manziliga 10.11.2021 gacha yuboring:
Shaxnoza.Astanova@goethe.de

Elektron xatingizda o'zingizni qisqacha tanishtirishni unutmang: ismingiz, yoshingiz, kelib chiqishingiz, maktab,  ota -onangizning telefon raqami.

Ishtirokchilar soni cheklangan, festivalga birinchi 75 ta sertifikat jo’natgan o‘smirlar taklif qilinadi.

Biz sertifikatlaringizni kutib qolamiz!

Ortga