Onlayn seminar “Koinot. Inson. Aql-idrok. (UMI)” ko'rgazmasi materiallaridan unumli foydalanish

ch. d. o'.g.: Dr. Andrea Wegener (MPG), Christian Kahnt (GI), Rüdiger Willems (MPG), Petra Thurnhofer (GI), Prof. Dr. Martin Stratmann (MPG), Rainer Pollack (GI), Johannes Ebert (GI), Nivin El Sioufy (GI) © Goethe-Institut; Foto: Loredana La Rocca

Jum, 22.04.2022

15:00 - 16:30

Online

2021-yil iyun oyida Myunxendagi shtab-kvartirasida "Koinot. Inson. Aql-idrok." ko‘rgazmasining ochilish marosimi

Gyote-Instituti va Maks Plank jamiyati tabiy va texnik fanlarga bag’ishlangan "Koinot. Inson. Aql-idrok. (UMI)" interfaol ko'rgazmasini taqdim etadi. Ushbu ko’rgazma, Germaniyadagi bugungi kunda dolzarb bo’lgan ilg'or tadqiqotlarga bag'ishlangan bo’lib, u Maks Plank jamiyatining tadqiqot natijalarini taqdim etadi, shuningdek, Germaniyada bugungi kunda olib borilayotgan va kelajakda olib borilishi rejalashtirilgan tadqiqot loyihalarining mohiyatini ochib beradi va bizni qiziqtiradigan va biz hali ham javob berishga harakat qilayotgan muhim savollarni o’rtaga tashlaydi.

Ko‘rgazma nemis tili o‘qituvchilariga A1 dan B2 gacha bo‘lgan til bilish darajalari uchun mo'ljallangan beshta ko‘rgazma mavzulari bo‘yicha didaktik materiallarni taklif etadi. Bular “Koinot”, “Homo sapiens yo‘li”, “Bizning miyamiz”, “Antroposendagi hayot” va "Sun'iy intellekt". Ushbu materiallardan nemis tilini o'rganish jarayonida, o'quv mashg'ulotlarida foydalanish va shu tariqa o'quvchilarda nafaqat nemis tilini o'rganish uchun, balki ilm fanga bo'lgan qiziqishlarini ham kuchaytirish mumkin.
Biz O'zbekistondagi barcha ta'lim muassasalarining nemis tili oʻqituvchilarini ushbu onlayn tanishuv seminarida ishtirok etishga taklif qilamiz. Seminar davomida Siz koʻrgazmaning kontseptsiyasi va mazmuni, shuningdek, didaktik materiallardan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishasiz.

Referent: Elizaveta Guxman, Moskvadagi Gyote Instituti o'qituvchisi

Seminar tili: nemis tili

Ishtirokchilarga qo'yiladigan talablar: nemis tilini bilish darajasi B1 va undan yuqori 

Ortga