O’zbekistonda
2023 yilning 9-10 noyabr kunlari O’zbekistondagi nemis tili o’qituvchilarining XVI anjumani bo’lib o’tadi. Anjuman Хorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Bu yil ham biz Sizga bir qancha qiziqarli mahorat darslar va seminarlarni taqdim etamiz. Siz ularda ishtirok etib, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ega bo’lasiz.
O‘zbekistondagi Gyote-Instituti umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjlarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif qiladi.
Ishtirok etish uchun ilovadagi ariza shaklini to’ldirib 25.08.2023 gacha saytda ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz.
Bewerbungsformular DLT-2023
Ortga