VR-installyatsiya
Cheksiz kutubxona – bu virtual reallik va boshqa media elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan installyatsiya bo’lib, u kutubxonalarni hikoya elementlarini o’z ichiga olgan interfaol olam shaklida namoyon qiladi. VR-loyiha insoniyat tarixini, sayyoramizning tug'ilishi va barcha hayot shakllarining evolyutsiyasi haqidagi ma’lumotlarni hikoya kontekstida tamoshabinlarga yetkazishni o’ziga maqsad qilgan.
Ushbu loyihada kutubxona tashrif buyuruvchilarga tirik organizm sifatida taqdim etiladi. U barchani o’zining bilimlar hazinasi bilan tanishtiradi va yangi bilimlarni egallashga undayid.
VR-installatsiya QR-kod shaklidagi oʻyin, gologrammalar, 3D-obyektlar, audiovizual matnlar va eng asosiysi – virtual makon shaklidagi kutubxonani oʻz ichiga oladi. Unga kirish o’zida oy nurini aks ettiruvchi suv havzalari boʻlgan gʻorda joylashgan. Ushbu virtual makon ichida uchta bo#lim mavjud bo’lib, ular Polineziya navigatsiyasi, Janubiy Hindiston qo'g'irchoqbozlik an'analari va Yevropa alkimyosining bilimlar tizimlariga bag'ishlangandir.
KO’RGAZMA DASTURI
2023 yil 15 noyabr
15:00 - Ko'rgazmaning ochilishi
15:00-16:00 - Gyote Institutida VR
16:00-18:00 - Ko'rgazma bo'ylab sayohat
Kundalik ish vaqti 15/11/2023 dan 15/12/2023 gacha
10:00 dan 18:00 gacha O'zbekistondagi Gyote-Instituti binosida;
Guruh tashriflari uchun oldindan ro'yxatdan o'tish so‘raladi.
Ortga