O'yinlar oqshomi, pitsa va networking
2024-yil 29-fevral kuni O'zbekistondagi Gyote-Instituti Sizni BMT loyihasi ko‘magida tashkil etilayotgan "Pizza Pitch GameDev" tadbiriga taklif etadi. Soat 19:00 dan boshlab Sizni yangi o'yinlar, pitsa va qiziqarli suhbatlar oqshomi kutmoqda.
Tadbir davomida:
- East Games o'yin studiyasi xodimlari o'yinni rivojlantirish bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashadilar.
- o‘yin yaratayotgan ishtirokchilar o'zlarining o'yin kontseptsiyalarini taqdim etadilar va soha mutaxassislaridan qimmatli fikr-mulohazalarni oladilar.
- O‘zbekistondagi o‘yin yaratuvchilar hamjamiyati hozirgi tendensiyalar va muammolarni muhokama qilish uchun yig‘iladi.
Tadbir mehmonlari:
-Aleksandr Shinkarev – O’yinlar yaratish guruhi rahbari
Egor Valishevskiy - yetakchi o'yin dizayneri
Mixail Agafonov - Test bo'limi boshlig'i
Vitaliy Zaborov - UI – yetakchi dasturchisi
Kirill Smirnov - Integratsiya dasturchisi
Dastur:
19:00 - Tashkilotchilarning kirish nutqi
19:30 - O'yin kontseptsiyasi taqdimotlari
20:30 - Mutaxassislarning fikr-mulohazalari va muhokamasi
21:00 - Pitsa va networking
Ortga