O'yin yaratish inkubatori 5- mavsumining ochilish marosimi
GameDev Goethe 2024ga xush kelibsiz!
Boshlanish sanasi 23-iyul! O‘zbekiston va ehtimol butun Markaziy Osiyo o‘yin sanoatini o’zgartirishi mumkin bo’lgan safarda bizga hamroh bo’ling! GameDev Goethe ning beshinchi mavsumida ishtirokchilarni uch oylik ajoyib ijodkorlik, innovatsiyalar va o’yinlar yaratish kutmoqda.
O‘zingizning noyob o‘yiningizni yarating! O‘zbekistondagi eng yirik o‘yin studiyasi East Games boshchiligida va NVIDIA kabi afsonaviy brend ko‘magida o’yin yaratuvchilar GeForce RTX grafik kartalarini yutib olish imkoniyati uchun bellashadilar. Loyihangizni yangi darajaga olib chiqishga yordam beradigan bilim va ko’nikmalaringizni ishga soling!
Intensiv bilim olish va qo‘llab-quvvatlash. Sizni sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan ma'ruzalar, mahorat darslari va kuratorlik soatlari kutmoqda. O‘yinlar yaratishning barcha nozik jihatlarini o‘rganing va o’z ishining ustalari ko’magida beqiyos tajriba orttiring.
G-Shop va Nout uz ning texnik yordami Sizga qobiliyatingizni to’liq namoyon qila olishingiz uchun zarur bo‘lgan uskunalar va dasturiy ta'minotni taqdim etadi.
Imkoniyatni boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish bizning
@GameDevGoethe kanalimizda allaqachon ochilgan. Loyihada Siz mutlaqo bepul onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishingiz mumkin.
GameDev Goethe 2024 nafaqat tanlov, balki har bir ishtirokchi o’z qobiliyatini namoyon qilishi va o‘yin sanoatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangi g‘oyalar inkubatoridir.
Biz bilan birga bo’ling va o’yinlarining kelajagini yaratishni bugundanoq boshlang!
Ortga