Ko'rgazma Arxiv namoyishlari: 1968-1988 yillardagi Toshkent kinofestivalining retrospektivasi.

Arxiv ko'rgazmasi_DT © Foto: IMAGO/SNA/A. Varfolomeev

Jum, 20.09.2024 -
Du, 14.10.2024

Mark Vaylning "Ilkhom" teatri

Destination: Tashkent kinofestivali doirasida

2024-yil 20-sentabrdan 14-oktabrgacha Toshkent shahridagi “Ilhom” teatrida Gyote-Instituti va Berlin Jahon madaniyatlari uyining (HKW) Destination: Tashkent doirasida arxiv ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ochilish 2024-yil 20-sentabr kuni soat 18:00 da “Ilhom” teatrining mavsum ochilishi doirasida rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma 1968-1988 yillardagi Toshkent Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi kinofestivali (TFF) haqida hikoya qilib, O‘zbekiston Respublikasi kino va foto arxividan olingan tarixiy fotosuratlarni namoyish etadi va festival muhiti haqida o‘ziga xos tasavvurni yaratadi. Ko‘rgazmada fotosuratlardan tashqari festivalning tarixi va ta’sirini aks ettiruvchi artefaktlar va arxiv kino lavhalari ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazma O‘zbekiston kino, foto va fonoxujjatlar milliy arxivi, “Davra” jamoasi, Dona Qulmatova va Elyor Ne’mat bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Ko'rgazmaga tashrif buyuring va Global Janub mamlakatlari o'rtasidagi muloqotni jonlantiradigan kino tarixining bir qismi bilan tanishing.

Ortga