Birgalikda yashil kelajak sari
Biz birgalikda ekdik va hosil yigʻib oldik! “Hayot nihollari” loyihasi doirasida qisqa vaqt ichida koʻplab tadbirlar tashkil etildi.
Faol eko-blogger Mo‘tabar Xushvaqtova (@urikguli) bilan hamkorlikda, O’zbekistondagi Gyote-Instituti “Hayot nihollari” loyihasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha keng qamrovli dasturni amalga oshirdi. Urug‘lar kutubxonasini ochishdan tortib, mutaxassislarning ma’ruzalari va ijodiy mahorat darslarigacha – biz birgalikda loyiha ishtirokchilarining atrof muhit muhofazasi mavzusiga doir xabardorligini oshirdik.
25 oktabr 2024-yilda Toshkentdagi Gyote-Institutida “Hayot nihollari” loyihasining muvaffaqiyatini birgalikda nishonlaymiz! Bu – uchrashuvlar, fikr almashish va barqaror kelajak uchun birgalikdagi harakatlar kuni.
Keling, birgalikda tabiatning xilma-xilligini nishonlaylik va yashil kelajak uchun o’z hissamizni qoʻshaylik.
Tadbir davomida:
Mahorat darslari: urug’lardan tortib ijodiy yondashuvgacha;
Qiziqarli ma’lumotlar: bizning loyihalarimiz va ularning natijalarini yoritamiz;
Mutaxassis fikri: ochiq muhokama doirasida fikr almashish;
Amaliy mashg‘ulotlar: ekish, yaratish, dizayn uyg’unligi;
Bolalar uchun rang-barang dastur: ko‘ngil ochar o‘yinlar va ekologik tarbiya mavzusiga doir;
Jonli musiqa va mahalliy taomlar.
Ortga