So‘zlar dunyosiga sho‘ng‘ing va yangi istiqbollarni kashf eting!
O’zbekistondagi Gyote-Instituti adabiy tarjimaga qiziquvchi iste’dodli yoshlarga o‘zaro tajriba almashish va malaka oshirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Bizning amaliy mashg‘ulotlarimizda Siz o‘z qobiliyatingizni yanada takomillashtira olasiz va tajribali ustoz Hafiza Kuchkarova bilan hamkorlik qilasiz.
N
ima uchun aynan Gyote-Institutida? Germaniya madaniyat markazi sifatida biz Sizga adabiy tarjimaga qiziquvchi insonlar bilan tanishish uchun ilhomlantiruvchi muhitni taklif etamiz.
Tadbir davomida Sizni nimalar kutmoqda?
Amaliy mashg‘ulotlar: Murakkab adabiy matnlarni tarjima qiling va individual fikr-mulohazalar oling.
Madaniy almashinuv: Adabiyot dunyosiga sho‘ng‘ing va madaniy o‘ziga xosliklar haqida fikr almashing.
Networking: Boshqa yosh tarjimonlar bilan tanishing va professional tarmoq‘ingizni kengaytiring.
Bizning birinchi mavzumiz: Erich Maria Remarque ning – “Yo‘ldoshingni sev” asari.
Birinchi mashg‘ulot mashhur yozuvchi Erich Maria Remarque ijodiga bag‘ishlanadi. Ushbu romanni tarjima qilishdagi til va madaniy qiyinchiliklarni birgalikda muhokama qilamiz. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, Sizga tarjima qilish uchun ushbu romandan parcha jo‘natiladi. Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Dilorom.Ismatillaeva@goethe.de
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan birga bo‘ling!
Ortga