Bilim, madaniyat va kashfiyot haftaligi!
2025-yil 24-martdan 28-martgacha Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanidagi axborot-kutubxona markazida Germaniya kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy maqsadi Germaniyaga va nemis madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘quv zalining madaniy tadbirlarini boyitish.
Germaniya kunlari doirasida madaniyat va ijtimoiy sohalarni yorituvchi qiziqarli tadbirlar haftaligi taqdim etiladi:
Tadbirlar dasturi
24.03.2025 – Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Tadbir: Mobil Yashil Kutubxona
Vaqt: 11:00 - 12:30
Maqsadli auditoriya: Barcha qiziquvchilar
Dastur:
- Urug‘ kutubxonasining ochilishi: har bir ishtirokchi turli urug‘larni olib, uyida ekishi mumkin. Mavzu bo'yicha taqdimot va kichik ma'ruza.
- Rassomchilik ustaxonasi Mastura Xamro bilan: bolalar urug‘lar uchun kichik qadoqlarni bezatishadi va yozishadi.
25.03.2025 – Kasb tanlash kuni
Tadbir: "Sening birinchi kuning" – VR-ko‘zoynaklarda 360-daraja videolar
Vaqt: 09:00 - 10:30
Maqsadli auditoriya: Yoshlar, barcha qiziquvchilar
Dastur:
- VR-ko‘zoynaklardan foydalangan holda interaktiv kasb tanlash tajribasi.
- Turli kasblar va ish muhiti haqida 360-daraja videolarni ko‘rish (hunarmandchilik, ofis, IT, tibbiyot va boshqalar).
- Ko‘rilgan kasblar bo‘yicha interaktiv topshiriqlar.
26.03.2025 – Mamlakatshunoslik kuni
Tadbir: "Deutschland. Kennen. Lernen" – Interaktiv Germaniya xaritasi
Vaqt: 10:00 - 11:30
Maqsadli auditoriya: Yoshlar, barcha qiziquvchilar
Dastur:
- Deutschland. Kennen. Lernen mobil ilovasini taqdim etish.
- Nemis tilini o‘yin shaklida o‘rganish va Germaniya haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish.
27.03.2025 – Nemis adabiyoti kuni
Tadbir: Tomas Mann – 150 yillik yubileyi
Vaqt: 09:00 - 11:00
Maqsadli auditoriya: Talabalar, adabiyot ishqibozlari
Dastur:
- Tomas Mannning hayoti va ijodi bilan tanishtirish.
- Uning Buddenbroklar va Sehrli tog‘ kabi mashhur asarlaridan parchalarni taqdim etish va muhokama qilish.
Barcha qiziquvchilarni ushbu tadbirlarga taklif qilamiz va Germaniya bilan interaktiv va qiziqarli uslubda tanishishga chorlaymiz!
Ortga