O‘yin yaratib, Baku shahriga bepul sayohat imkoniyatini qo‘lga kiriting!
2025-yil 11–13 aprel kunlari
Turkic Game Jam 2025 xalqaro GameJam birinchi bosqichi 5ta Turkiyzabon mamlakatda bo’lib o’tadi. O‘zbekistonda – East Games va Goethe-Instituti ko’magi bilan bo’lib o’tadi.
Xakaton ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – mahalliy. Jamoalar ochilish marosimida e’lon qilinadigan maxsus mavzu asosida o‘yin prototipini yaratish uchun 48 soat vaqtga ega bo‘ladi. Mahalliy ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan saralangan eng yaxshi jamoalar Grand-finalga yo‘l oladilar.
Ikkinchi bosqich – Grand-final. Barcha ishtirokchi mamlakatlarning eng kuchli jamoalari Baku shahrida to‘planib, o‘z o‘yinlarini xalqaro darajada namoyish qiladilar. 2025-yilgi Grand-final Baku shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish shartlari:
- Jamoa 2–4 kishidan iborat bo‘lishi kerakБ
- Har bir ishtirokchi 48 soat uzluksiz offlayn formatda o’yin yaratishga tayyor bo'lishi kerak.
Ishtirokchilar soni cheklangan! Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tanlab olinadi.
Ro'yxatdan o'tish uchun havola.
Ortga