Axborot soati / mahorat darslari Tojikistonda VR-Profi Hub 2025

VH-dubulg'asini taqqan qiz © Goethe-Institut Usbekistan

Du, 05.05.2025

9:00 - 16:00

Virtual Reality yordamida kasbga yo‘naltirish – yangi tajribalar!

O'zbekistondagi Gyote-Instituti, yetakchi VR mutaxassislari va innovatsion ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Tojikiston o‘quvchilarini VR-Profi Hub 2025 ga – kasbga yo‘naltirishni o‘ziga xos qiziqarli tarzda tashkil etuvchi interaktiv loyiha kuniga samimiy taklif etadi. Loyiha doirasidagi tadbirlar Dushanbe shahridagi 89-maktabda bo‘lib o‘tadi.

VR-Profi Hub 2025 da Sizni nimalar kutmoqda?
  • VR olamiga sho‘ng‘ing va kasblarni kashf eting: turli xil kasblarni immersiv, virtual muhitda bevosita his eting!
  • "Sening birinchi kuning" 360°: Germaniyada tayyorlangan qiziqarli 360° videolar Sizga tanlangan kasblarning kundalik ish jarayoni haqida haqiqiy tasavvur beradi.
  • Ilhomlantiruvchi fikrlar va suhbatlar: kasbga yo‘naltirish va ta’lim sohasida VRdan foydalanish bo‘yicha innovatsion loyihalarni kashf eting.
  • VRonica bilan muloqot: VRonica kompaniyasi bilan hamkorlikda siz kasb tanlash jarayoni, IT sohasining qiyinchiliklari va loyihalarning natijalari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
  • Ekspertlardan so‘rang: o‘z savollaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspertlarga berish va kelajagingiz uchun qimmatli javoblar olish imkoniyatidan foydalaning.
Gyote-Instituti o‘yinlari va VR loyihalari:
  • O‘yinlar orqali o‘rganing: raqamli media va kasbga yo‘naltirishni ijodiy tarzda birlashtirgan innovatsion o‘quv formatlarini kashf eting.
  • Spatial.io bilan VR makon yaratuvchisiga aylaning: O‘zingizning virtual makonlaringizni yarating va VR texnologiyalari asoslarini o‘yin orqali o‘rganing. Ushbu workshopda Siz raqamli ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz va ijodiy salohiyatingizni rivojlantirasiz.
Bizning maqsadimiz – eng zamonaviy texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari yordamida yoshlarga o‘z kasbiy kelajaklari uchun raqamli, interaktiv va nihoyatda amaliy yangi istiqbollar ochish!

Kelajak texnologiyalariga birgalikda sho‘ng‘ish uchun bizga qo‘shiling!
 

Ortga