Nemis tiliga qiziquvchilar uchun
Nemis tiliga qiziquvchi barchani 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tadigan tadbirlar kuni tadbirga mamnuniyat bilan taklif qilamiz!
13 may kuni Goethe-Institutining an’anaviy tadbirlar kuni yangi joyda o’tkaziladi.
Bu safar Jizzax shahrida nemis tiliga qiziqqan barcha uchun ajoyib imkoniyat yaratiladi — ular qiziqarli va ma'lumotlarga boy master-klasslarda ishtirok etishlari, hamda nemis tili doirasida yaratilyotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
Turli yosh toifalari uchun mo‘ljallangan, har tomonlama tayyorlangan master-klasslar tajribali mutaxassislar va Goethe-Instituti xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Biz bilan bo‘ling va nemis tili olamiga sayohat qiling!
Ortga