Nukusda Germaniya kunlari

Axborot tadbiri | Kashf eting. Ishtirok eting. Tajriba orttiring.

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi bolalar kutubxonasi, Nukus

  • Til Nemis, o'zbek va rus tillarida
  • Narxi Kirish bepul

Nukusda Germaniya kunlari Q © Canva

Nukusda Germaniya kunlari © Canva

O‘zbekistondagi Gyote-Instituti Sizni Nukus shahrida bo’lib o’tadigan Germaniya kunlariga taklif etadi. Bolalar, o‘smirlar va yoshlar uchun mo‘ljallangan uch kunlik tadbirlar ekologiya, kasb tanlash, adabiyot va mamlakatshunoslik mavzulariga bag‘ishlanadi va zamonaviy, interaktiv shaklda o‘tkaziladi.

Dasturdagi asosiy yo‘nalishlar:
  • Atrof-muhit kuni: Mobil “Yashil kutubxona”ning ochilishi, interaktiv kitob mutoolasi va ijodiy ustaxonalar;
  • Kasblar va adabiyot kuni: Germaniyadagi kasblarni VR texnologiyasi orqali tanishish va Gyotening “Faust” asarini zamonaviy talqinda o‘rganish;
  • Mamlakatshunoslik kuni: Germaniyaning raqamli xaritasi, til o‘rganish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va viktorina.
Tadbir maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, kutubxonachilar va barcha qiziquvchilar uchun ochiq.