VRwandlung

Cho, 20.03.2019 -
Cho, 10.04.2019

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Franz Kafkaning virtual dunyosi

‘‘Bir kuni ertalab behalovat uyqudan uyg‘ongan Gregor Zamza o‘zining bahaybat hasharotga aylanib qolganini ko‘rdi‘‘ shu tariqa XX asrning eng mashxur asari, yani Franz Kafkaning ‘‘Evrilish‘‘ hikoyasi boshlanadi. Ushbu matnning birinchi VR moslashuvi virtual haqiqati foydalanuvchilariga o'zlarini Gregor Zamsa dunyosiga joylashtirishga va o'z tanalarida qo'ng'izga aylanishni boshdan kechirishga imkon beradi.

"Evrilish"ning kompyuterlashtirilgan xona instalatsiyasini chexiyaning Goethe Instituti boshlang'ich jamoasi hamda Praga kino maktabining badiiy direktori va rejissori Mika Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. VR texnologiyasi yordamida siz ulkan hasharot ko’rinishida ’’Evrilish’’dagi noodatiy xonada uyg'onasiz. Avvalo, Zamsa kabi virtual muhitda yangi tanangiz bilan qanday harakatlanishni o'rganishingiz kerak va bir vaqtning o’zida oila a`zolari hamda xo'jayin baland ovozda xona eshigini ochishni talab qilishadi. Kafka asarlarining  deyarli hammasida uchraydigan begonalashuv g’oyasi bilan juda yaqindan tanishasiz va o’zingiz ham buni boshdan kechirasiz.

’’Evrilish’’ Praga Goethe Istitutining loyihasidir. G’oya muallifi: Mika Jonson. Ishlab chiqaruvchi: Shahid Gulamali. Modellashtiruvchi va programmalashtiruvchi: Achtung 4K Praga. ’’Evrilish’’ premyerası 2018 yil yanvar oyida Pragada bo'lib o'tganidan so'ng, VR instalatsiyasi shu yilning aprelidan buyon jahon turnesiga chiqqan.

Goethe Institutning O’zbekistondagi kutubxonasi ochiq kunlarida virtual xonani tashkil etilganining guvohi bo’lishingiz mumkin. VR-ga faqat alohida-alohida kirishingiz mumkin, chunki har bir tashrif buyuruvchiga taxminan besh daqiqa kerak bo'ladi, kutish vaqtini hisobga olgan holda tashrifingiz uchun biroz ko’proq vaqt ajrating.

Ortga