She'riy Mushoira mavsum #2 Gyote Slem mavsum #2, Raund 3

Jum, 28.06.2019

18:30 - 20:00

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Gyote Slem mushoirasi yana siz bilan! 28 iyun kuni bizning mushoiramizning ikkinchi raundi bo'lib o'tadi va biz o'zlarining hikoyalarini, matnlarini, she'rlarini, rap yo'nalishidagi matnlarini, komediyalarini (barcha adabiy shakllarga ijozat beriladi!) taqdim etishni istagan yangi va tanish yuzlarni ko'rishni orziqib kutamiz.
Gyote Slem rus va nemis tillarida o'tkaziladi, matnlar rus, nemis yoki o'zbek tillarida taqdim etilishi mumkin va ular o'z ona tillarida baholanadi.

Gyote Slem raqobatni baholash qoidalari:
  • Matn muallifning o'zi tomonidan yozilgan bo'lishi kerak.
  • Har bir shoir / shoira eng ko'p 5 daqiqa vaqt oladi! Ushbu vaqt o'tib bo'lsa, taqdimot to'xtatiladi.
  • Rekvizitlar yoki boshqa yordamchi narsalar taqiqlangan!
  • Har bir ijrodan keyin matnlar hakamlar tomonidan baholanadi. Muhim rol faqat matn bilan emas, balki umumiy ijro usuli ham ahamiyatlidir.

Shu bilan birga, mushoira raqobat ustida qurilmagan, balki asl maqsad yosh yozuvchilarga o'z she'riy matnlarini taqdim etish imkoniyatini berishga qaratilgan. Mushoiradan keyin yoqimli muhitda matnlar haqida fikr almashish imkoni bo'ladi. Musiqiy muhitni Umar Artiqov elektron fank ohanglari bilan ta'minlaydi.

Sizning faol ishtirok etishingizni kutib qolamiz!

Iltimos, 24 iyungacha qatnashchi sifatida (qatnashishni istasangiz) bizga (ism, kasb, yosh, she'riy mushoirada ijrolar tajribasi) haqida ma'lumot, shuningdek matnlaringizni quyidagi manzilga yuboring: kundry.reif.extern@goethe.de
 

Ortga