Mahorat darsi Yozgi madaniy maktab

O’zbekistondagi Gyoti Instituti ilk bor o’z yozgi madaniy maktabini, ya’ni „KULTURSOMMER Schule” tashkil etmoqda. Biz to’rt kun davomida Gyote Instituti maydonini yangi g’oyalar maydoniga aylantirmoqchimiz.
Unda gumanitar oqim va g’oyalarga asoslangan bahs-munozaralar yuritish, fikrlash, birgalikda film tomosha qilish, matnlar o’qish, suratga olish hamda yozma mashg’ulotlar olib borish rejalashtirilgan. Yozgi maktab faoliyatining bir qismi Toshkent madaniy sahnasi bilan birgalikda tanishib chiqishga bag’ishlangan. Biz faoliyatimiz davomida intervyu olish, turli madaniy joylarga borish va shaharning madaniy faollari bilan yaqindan muloqot qilishni asosiy maqsad qilib qo’yganmiz. So’ng kichik bir madaniy sayohat qo’llanmasini ishlab chiqamiz. Madaniy maktabimizning qolgan tarkibiy qismini shakllantirish sizning ixtiyoringizga havola etiladi. 
Sizni nimalar qiziqtiradi, nima haqida qayg'urasiz? Birgalikda biz tadqiqotlar olib borishimiz mumkin, yangi misollarni qidirishimiz yoki kashf qilishimiz mumkin.
 
16 yoshdan yuqori bo’lgan, nemis tili bilim darajasi eng kami B1 ega bo’lgan, madaniyat va san’atga qiziqadigan har kim 13.-16.08.2019 gacha har kuni soat 09:30-15:00 gacha ishtirok etishi mumkin. Iltimos, 08.08.2019 gacha ro’yxatdan o’ting va qiziqishlaringiz, umidlaringiz, o’zingiz haqida qisqacha ma’lumot yozib quyidagi elektron manzilga jo’nating: kundry.reif.extern@goethe.de.
 

Ortga