Toshkentdagi Gyote institutida o’tkaziladigan GAME JAM

Jum, 15.11.2019 -
Yak, 17.11.2019

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

15-17 noyabr 2019

Xalqaro o’yin ishlab chiqaruvchilar safiga qo’shilingl!
Kompyuter o’yinlarini yaratish bilan tanishing.
Yaratgan video o’yiningizni Gamedev City Festivali doirasidagi konferensiyada tanishtiring! 

 
Game Jam — bu qisqa vaqtda 48 yoki 72 soat ichida o’yin yaratish demakdir. Ishtirokchilarga mavzu ma’lum qilinganidan so’ng ular guruhlarga bo’linib yoki yolg’iz o’zlari kompyuter o’yinini yaratadilar.
 
Game Jamda ishtirok etish uchun dasturlash yoki 3D modellashtirishdan bilimingiz bo’lishi shart emas. Hohishingiz bo’lsa bo’ldi.
 
Game Jamda ishtirok etish zo’r. Chunki siz u yerda hamfikrlaringizni uchratishingiz, qisqa vaqtda o’yin prototipini yaratishingiz va o’z kuchingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
 
Toshkentdagi Gyote-Instituti 15-17 Noyabr kunlari o’yin yaratuvchilarni, dizaynerlarni, rassomlarni hamda o’yinga qiziquvchilarni 48-soatlik Game Jam da ishtrok etishga taklif etadi. Sizlarga bir jamoda ishlash va o’yin yaratishdan zavq olishingizni kafolatlaymiz. G’alaba qozongan guruhning ikki ishtirokchisi Novosibirskdagi Gamedev CityFest konferensiyasida ishtirok etishlari mumkin.         
 
Ishtirokchilar jamoalarga bo’linib 48 soat davomida o’sha kuni e’lon qilingan mavzuga o’yin yaratishlari kerak. Vaqt sarhisob bo’lgach, natijalar plenumga taqdim qilinib, muhokama qilinadi va jyuri tomonidan uchta eng zo’r jamoa tanlanadi.
 
Ishtirok etish barcha o’yin yaratishga qiziquvchilar uchun ochiq. Game Jamda ishtirok etish bepul. Loyiha qo’mitasi 2019 yil 25 oktyabrga qadar topshirilgan arizalar asosida ishtirokchilarni tanlab oladi. Ariza qoldirish uchun shu linkga bosing.   
 
Nima: Game Jamda ishtirokchilar ma’lum bir mavzuga o’z o’yinlarini ishlab chiqishlari kerak. Mavzu birinchi kuni ma’lum qilinadi.
 
Qayerda: Toshkent, Gyote-Institut Amir Temur ko’chasi 42
 
Qachon: 48 soat, 2019 yil 15 noyabrdan 17 noyabrgacha.
 
Kim: dasturchilar, o’yin dizaynerlari, rassomlar, musiqachilar, stsenaristlar, rejissyorlar va o’yin yaratishga qiziqishi borlar (shu sohada tajriba bo’lishi yaxshi, lekin shart emas). Jo’natilgan hujjatlar asosida loyiha qo’mitasi ishtirokchilarni tanlab oladi.
 
Harajatlar: Game Jamda qatnashish bepul. Tashkilotchilar tomonidan Game Jam vaqtida bepul ovqat ta‘minlanadi. (Juma kuni: kechki ovqat / shanba: nonushta, tushlik, kofe tannafus, kechki ovqat / yakshanba: nonushta, tushlik, kofe tanaffus). Dam olish va uyqu uchun joy ko’zda tutiladi.
 
Nima olib kelish zarur: kompyuter, kabel va kompyuter quvvatlash qurilmasi, kerakli dasturlar ta‘minoti va ish qurollari. Hohishga qarab o’zingiz sevgan chashka, yostiq va uxlash uchun qop!
 
Yutuq: Hakamlar hay‘ati 17 noyabr kuni Game Jam yakunida uchta eng yaxshi jamoani e’lon qiladi. Asosiy yutuqlar ichida - eng yaxshi jamoa yaratgan o’yinni Gamedev CityFest konferensiyasida (2020 yil 14 martda Novosibirsk shahrida) namoyish qilish imkonidir.
 
Ishtirok etish uchun: Quyidagi arizani to’ldiring. Arizalar 2019 yil 25 oktabr kunigacha jo’natilishi mumkin. Tanlab olingan ishtirokchilarga 2019 yil 1 noyabrga qadar yozma xabar beriladi.  O’z vaqtida jo’natilgan arizalar birinchi navbatda ko’rib chiqiladi.
 

Ortga