Kutubxonada rojdestvo ertagi


Rojdestvo bashoratchilari bulmish - shirin kulchalar, Nikolaus uchun tayyorlab qo’yilgan etikchalar hamda 24 ta eshikchalardan iborat kalendar - yilning eng chiroyli mavsumida xush kayfiyat bag‘ishlaydi!
 
Shu munosabat bilan biz Sizni Gyote instituti kutubxonasining tematik maydoniga tashrif buyurishga va Rojdestvo mavsumiga sho’ng’ishga taklif qilamiz. Bu yil biz Siz bilan birgalikda Rojdestvoga bosqichma-bosqich tayyorlanmoqchimiz. Yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo mavsumi uchun biz o'ziga xos mahorat darslarini tayyorladik - mehmonlarimiz odatdagidek, Germaniyadan Rojdestvo an'analari, o'yinlar va kitobxonlik. Rojdestvo bezaklari bulmish Rojdestvo gulchambari, Yangi Yil archasi uchun bezaklarini yasashni ishtiyoq bilan kutmoqdalar. Biz bilan birgalikda Rojdestvo shirinliklarini pishirish imkoni ham mavjud.
 
Agar Siz Rojdestvo haqida ko'proq bilishni istasangiz, unda bizning kutubxonamizga tashrif buyuring. Bu erda Siz ko‘plab kitoblar, CD va DVD-disklar topishingiz mumkin. Bundan tashqari “Germaniyada Rojdestvo” mavzusidagi interaktiv viktorinada ham qatnashishingiz mumkin.
 
"Kutubxonada rojdestvo ertagi" tematik maydoni barcha tashrif buyuruvchilar uchun 2019 yilning 7-dekabrdan 21-dekabrgacha ochiq bo'ladi. Tadbirlarda qatnashish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak. Tadbir dasturi bilan quyida tanishishingiz mumkin.
 
Sizga Rojdestvo bayrami hamda Yangi Yilni maroqli utkazishni tilab qolamiz!
 
7.12.2019
13:00-15:00
MAHORAT DARSI VA O’YINLAR: VR-O'YINLAR
 
14.12.2019
11:30-12:30
BOLALAR UCHUN SEVIMLI ERTAKLAR VAQTI
 
14.12.2019
13:00-15:00
YANGI YIL USTAXONASI: ARCHA UCHUN BEZAK VA O’YINCHOQLARNI O’Z QO’LIMIZ BILAN YASAYMIZ
 
14.12.2019
17:00-19:00
O’YINLAR OQSHOMI: STOL O‘YINLARI, PS4 VA VR-O'YINLAR
 
15.12.2019
12:00-13:00
BOLALAR UCHUN SEVIMLI ERTAKLAR VAQTI
 
15.12.2019
16:00-18:00
YANGI YIL USTAXONASI: ARCHA UCHUN BEZAK VA O’YINCHOQLARNI O’Z QO’LIMIZ BILAN YASAYMIZ
 
 
18.12.2019
18:00-19:30
ROJDESTVO KONSERTI "QISHKI BARABANCHI".
BERLIN FILARMONIYASINING KONTSERT DASTURLARINI EFIRGA UZATISH.
 
20.12.2019
17:00-19:00
O’YINLAR OQSHOMI: STOL O‘YINLARI, PS4 VA VR-O'YINLAR
 
21.12.2019
14:00-16:00
MAHORAT DARSI: ROJDESTVO PISHIRIQLARI

Ortga