Mahorat darsi Pishirish va Instagramda Story yaratishni o‘rganamiz

Pishirish va Instagramda Story yaratishni o‘rganamiz _

Shan, 21.12.2019

14:00 - 16:00

O'zbekistondagi Gyote Institut filiali

Pishirish va Instagramda Story yaratishni o‘rganamiz


Siz pishiriq pishirishni yaxshi ko'rasizmi ... ayniqsa Rojdestvodan oldin? Shirin kulchalar, pirojniy, vaflilar ... yaqinlaringiz uchun stolda barchasini bir zumda muxayyo qilmoqchimisiz? Do'stlaringiz bilan ham yangi tajribalarni baham ko'rasizmi?Unda bizning mahorat darsimizga tashrif buyuring va biz birgalikda pishirish va Instagramda yangi Story yaratishni o'rganamiz.

 

 Turli xil shakldagi qaymoqli, mevali, shokoladli yoki sof holdagi vaflilar samoviy hid taratadi. Bunday vaflini tamaddi qilishni hamma ham yaxshi ko'rsa kerak. Bizning retseptimiz bilan vafli xamirini tez tayyorlashingiz mumkin va Sizga muvaffaqiyat kafolatlanadi. Keyin biz Instagram uchun hikoyalar yaratishni va birgalikda ularni Instagramga joylashtirishni o'rganamiz.

Ortga