Onlayn | Konzert Yuliya Hyulsman kvarteti & Omnibus ansambli konzerti

Yuliya Hyulsman kvarteti & Omnibus ansambli konzerti © Goethe-Institut Usbekistan

Cho, 16.09.2020 -
Jum, 16.10.2020

20:00

2020 yil aprel oyida Yuliya Hyulsman kvarteti "Bu yerdan uzoq emas" nomli musiqiy albomini taqdim etish uchun O'zbekistonga taklif qilingan edi. Kvartet Toshkentning taniqli Omnibus ansambli bilan birgalikda qo’shma konsert o’tkazishni rejalashtirgan edi. Endi konsert raqamli tarzda bo'lib o'tmoqda. Omnibus ansambli ikkita musiqiy asarni Toshkentda, Yuliya Hyulsman kvarteti esa ikki asarni Berlinda yozishdi. Ikkala guruh musiqachilari ushbu yozuvlarga o'z hissasini qo'shdilar. 5000 kilometr uzoqlikdagi murakkab va hayajonli, faqat musiqaga asoslangan hamkorlik. Natijada turli musiqiy uslub va an'analar beqiyos ravishda o'zaro tutashdilar. Va'da beramizki, 2021 yilda Toshkentda jonli kosert bo'lib o'tadi.

Konsert www.goethe.uz sahifasida onlayn tarzda bo‘lib o'tadi. 

Yuliya Hyulsman kvarteti rasmiy sayti: http://agentur-wolkenstein.de/project/julia_huelsmann_trio

2020 yil 16 sentyabr kuni onlayn translyasiya qilingan konsertni to'liq ushbu havola orqali ko'rish mumkin: ​https://www.youtube.com/watch?v=EQ1wIQkTk1s

Ortga