Anjuman Nemis tili o’qituvchilarining Qoraqolpog’iston Respublikasida mobil anjumani

Nemis tili o’qituvchilarining Qoraqolpog’iston Respublikasida mobil anjumani © Goethe-Institut Usbekistan

Jum, 21.05.2021 -
Shan, 22.05.2021

2021 yilning 21-22 may kunlari nemis tili o’qituvchilarining ikkinchi mobil anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda ishtirok etish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi nemis tili o’qituvchilari taklif etiladi.
Anjuman davomida Siz bir qancha qiziqarli mahorat darslari va malaka oshirish seminarlarida ishtirok etish orqali, o’zingizning bilim, malaka va ko’nikmalaringizni yangilash va kengaytirish, shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasida o’z hamkasblaringiz bilan tajriba almashish imkoniga ham ega bo’lasiz.
Anjuman Nemis akademik almashuv xizmati (DAAD) va Germaniyaning O'zbekistondagi elchihonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Toshkentdagi Gyote-Instituti Qoraqalpog’iston Respublikasidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida, Akademik litsey va Kasb hunar kolledjida faoliyat yuritayotgan nemis tili o’qituvchilarini ushbu anjumanda ishtirok etish uchun taklif etadi.
Ishtirok etish uchun ilovadagi arizani to’ldirilgan holda 25.04.2021 gacha ko’rsatilgan manzilga jo’natishingizni so’raymiz. 

Ortga