Film namoyishi Oskar va Lilli – Biz bir oz qolamiz

Oskar va Lilli – Biz bir oz qolamiz WEGA-Film © Foto: Vincent-Entekhabi

Jum, 07.05.2021

11:00 - 13:00

Yoshlar ijodiyot Saroyi

SHUM BOLA 2021

102 min. 2020, Avstriya
13+
Badiiy film
Rejissyor: Arash T. Riahi
 
8 yoshli Oskar va uning 13 yoshli opasi Lilli olti yil oldin onasi bilan birga Chechenistondan Evropaga qochib ketishadi. Bolalar endi Vena shahrini o'zlarining yangi vatani deb bilishadi va nemis tilida ravon so‘zlashishadi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra oila deportasiya qilinishi talab etiladi. Taqdir qiyinchiliklaridan qattiq shikastlangan ona, umidsizlikdan o'z joniga qasd qilishga urinib, ruhiy kasallar shifoxonasiga tushib qoladi. Oskar va Lilli har-xil homiy ota-onalar qaramog’iga tushib, bir-biridan ajratiladi.

Ortga