Malaka oshirish seminari CLIL im Unterricht? -Los! So machen MINT-Fächer Spaß!

CLIL im Unterricht? -Los! So machen MINT-Fächer Spaß! © Goethe-Institut

Yak, 20.06.2021 -
Shan, 26.06.2021

"Layner" tog' dam olish maskani

Gyote Instituti "Xorijiy til, aniq va tabiiy fanlar yonma-yon" shiori ostida "Darsda CLIL? Olg'a! Tabiiy va aniq  fanlar- Bu qanchalik qiziqarli!" mavzusida bir haftalik seminar taklif etadi.
 
Agar horijiy tildan tabiiy va aniq fanlarda qo’shimcha foydalanilsa, o’quvchida chet tilida muloqot qilishi uchun qo’shimcha imkoniyat paydo bo’ladi. Ma'lumki, til o'rganishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan chet tili darslarining davomiyligi va intensivligiga bog'liq.
 
"MINT (Mathematik, Informatik, Naturwissenschaften, Technik)" qisqartmasi matematika, informatika, tabiiy fanlar va texnika sohalarni bildiradi.
 
Chet tili darslarida fanlar bilan bog’lab  o'rganishning turli usullari mavjud. Bir vaqtning o'zida ikkita o'qituvchi, fan va til o'qituvchisi ishtirok etadigan dars shaklidir. Ular darsga birgalikda tayyorlanibgina qolmay, balki fan va til o’rganish  dars maqsadiga erishish uchun teng ravishda harakat qiladilar.
 
CLIL-darsi bolalar va o’smirlarning amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi. Tajriba, hunarmandchilik, mini rolli(Rollenspiel) o'yinlar, dialoglardan foydalangan holda harakatga yo'naltirilgan yondashuv bolalar va o’smirlarga chet tilidagi murakkab fan mavzularini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
  
Sana: 20.-26. iyun 2021
Ishtirokchilar: O’rta umum ta’lim maktablar / akademik litseylar / kasb-hunar kollejlarda dars beradigan nemis tili o'qituvchilari taxminan 24 ta (2 guruh)
MAQSADI:
Malaka oshirish seminari doirasida siz CLIL (Content and Language Integrated Learning ) nima ekanligini bilib olasiz va quyidagi mavzularni tahlil qilasiz:
  • Nemis tili darslarida horijiy til, hamda tabiiy va aniq fanni birlashtirish
  • CLILni o'qitishning didaktik va uslubiy asoslari.
  • CLIL darslarining namunalari.
  • Gyote-Institutining CLIL- ta’lim loyihalari: "Digitale Kinder-Uni" va "Junior-Uni" bilan sinfdan tashqari     to’garaklarda  davomiy ishlash.
  • Amaliy modellar: fan o'qituvchilari va nemis tili o'qituvchilari o'rtasidagi hamkorlik
KIM ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Agar Siz:
  • o'rta umum ta’lim maktablar / akademik litseylar / kasb-hunar kollejlarda nemis tilidan dars bersangiz;
  • fan va tilni o’qitish tayyorgarligini o'tishni hohlasangiz;
  • CLIL darslaringiz uchun qiziqarli va kreativ g'oyalarni izlasangiz;
  • o'z darsingizda yangi CLIL-metodlarini sinab ko'rishni hohlasangiz;
  • boshqa nemis tili o'qituvchilari bilan fikr almashishni hohlasangiz;
  • fan o'qituvchilari bilan kelajakda tandemda barqaror ishlashni hohlasangiz;
  • Gyote institutining "Digitale Kinder-Uni" va "Junior-Uni" ta’lim loyihalari bilan maktab / akademik litsey / kasb-hunar kollejlarida darsdan tashqari  to’garaklarda bardavom ishlashni  hohlasangiz;
  • B1 dan kam bo’lmagan til bilim darajasiga ega bo’lsangiz. 
Unda bu seminar aynan Siz uchundir!

Gyote-instituti Sizning seminarda ishtirok etish bilan bog’liq barcha safar xarajatlarini qoplaydi.
Seminarga ariza berish uchun iltimos, bizga 2021 yil 15-maygacha quyidagi to'liq to'ldirilgan arizangizni
yuboring.  Tasdiq yoki rad javobi Siz arizangizda ko'rsatgan elektron pochta manziliga 2021 yil 25-maygacha yuboriladi.

Ortga