Konsert Yuliya Hulsmann jazz kvartetining „Omnibus“ ansamli bilan hamkorlikdagi konsertlari

Yuliya Hyulsmann jazz kvartetining kontserti Foto: © Dovile Sermokas

Du, 20.09.2021

18:30

Mark Vaylning "Ilkhom" teatri

Yuliya Huslman - pianino
Uli Kempendorff - tenor saksafoni
Mark Muellbauer - kontrabas
Haynrich Kobberling - baraban
 
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan Gyote-Instituti Yuliya Hulsmann jazz kvartetining „Omnibus“ ansamli bilan hamkorlikdagi konsertlarini taqdim etadi.

Yuliya Hulsmann va kvartet 17 yildan ortiq vaqt davomida o’ziga xos erkin uslubi bilan Germaniyada zamonaviy jazz musiqasini shakllantirdi. 2017 yilda u "Sooner and later" (ECM) albomini taqdim etdi. "Not Far From Here" (ECM) albomi o’ziga xos ohanglarni qamrab olgan, bunda Uli Kempendorffning tenor saksafonida qo’shgan hissasi katta. Kempendorffning erkin fikrlash tarzi hamda qiziquvchanligi qoliplarda fikrlash va tasniflashni inkor qiladi, "uning musiqasida mayinlik ham, tabiiylik ham mujassam" (Jazzthetik), u Hulsmann guruhiga yangicha energiya beradi. "U nafaqat an'anaviy kvartetni to’ldiradi,  balki mohiyatni keskinlashtirishga hamda paradoksal jozibaga ega san’at asari yaratishga erishadi." (Tonart 11/2019). Kvartetning har bir a'zosi o'ziga xos kompozitsiyalarni taqdim etadi.

Kvartet repertuari 1980-yil Devid Boui tomonidan kuylangan "This Is Not America" deb nomlangan musiqa asarining  kvartet va yakkaxon pianino talqini bilan to'ldirilgan. " Not Far From Here " 2019 yil noyabr oyida chiqarilganidan beri matbuot va jamoatchilik nazarida katta muvaffaqiyatga erishdi. Yuliya Hulsmann yana o'ziga sodiq qolishga, guruhni yangi pog‘onaga ko'tarishga va ijodiy sifatni saqlab turishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu doimiy o'zgarish va taraqqiyot yo‘lining guvohi bo'lishdan juda mamnunmiz. 2021 yil iyun oyida guruh Germaniya Jazz musiqasi mukofotiga sazovor bo’ldi.

Ortga