BERLINGA TANISHUV PASCH-SAYOHATI

Berlinga bo’lgan tanishuv sayohatida PASCH-maktablarining boshqaruvchilari Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo hududidagi boshqa maktablarning boshqaruvchilari bilan Germaniyaning ta’lim sohasidagi amalda rivojlanishi to’g’risida fikr almashish, PASCH loyihasining imkoniyat va istiqbollari bilan bevosita tanishish, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniga ega bo’ldilar.

2019-yilning mart va noyabr oylarida ikki marta tanishuv sayohati tashkil qilindi. Ikkalasida ham Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi maktab va gimnaziyalarning 30 nafar direktori Berlinda yig’ildilar. Birinchi uchrashuvda 2018-yilda PASCH-tarmog’iga qabul qilingan yangi to’rtta o’zbek maktablarining direktorlari ishtirok etishdi. To’rt nafar direktor ilk marotaba Germaniya poytaxtiga qadam qo’ydilar. Noyabrda esa lavozimlariga yaqinda kelgan O’zbekiston va Tojikistondagi maktab va litseylarning direktorlari yo’lga otlandilar.

Tanishuv sayohatining dasturi xilma-xil bo’lib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga qamrab olgan edi:

  • Maktab menejmentiga urg’u berilgan holda Germaniya ta’lim tizimidagi munozaralar
  • Viadrina universiteti „Fast-Track dasturi“ning taqdimoti
  • Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan (MINT) maktabga va ikki tildagi MINT-darsiga tashrif
  • Tashqi ishlar vazirligida PASCH loyihasi boshqaruvchisi o’rinbosari bilan uchrashuvPASCH-loyihalarining davomiy rivojlanishi uchun kelajak ustaxonasi
BERLINGA TANISHUV PASCH-SAYOHATI 2

Direktorlarga, ayniqsa, ixtisoslashtirilgan MINT-maktabi hamda ikki tildagi MINT-darsini tomosha qilish manzur bo’ldi va u yerda ular nemis maktabining kundalik hayotiga sho’ng’ib, o’zlari uchun yangi g’oyalar oldilar. Germaniya Aviatsiya va kosmonavtika markaziga tashrif esa aniq va tabiiy fanlarni amaliyotda qo’llashning va o’quvchilarni ular yordamida ilhomlantirishning turli usullari bilan tanishishga sababchi bo’ldi.

IKKI TILDAGI ANIQ VA TABIIY FAN DARSINING O’ZBEKISTONDA ILK MAROTABA QO‘LLANILISHI
Maktab va litsey direktorlari ikki tildagi MINT-darsini shu zahoti o’zbek maktab hayotiga tadbiq qilmoqchi bo’ldilar. 2019-yil avgust oyida „CLIL/MINT-Almashuv“ tajriba loyihasida ilk marotaba O’zbekistondagi nemis tili va aniq fanlar o’qituvchilari uchun PASCH-mahorat darslari o’tkazilib, unda o’qituvchilar matematika, fizika va informatika kabi ikki tildagi darslarga tayyorgarlik ko’rdilar.

PASCH-loyihasi hamda tanishuv sayohati doirasidagi almashinuv va samarali hamkorlik uchun biz O’zbekistondagi ta’lim muassasalari rahbarlari: Buxoro shahri 4-sonli maktab direktori Zamira RAJABOVA, Andijon shahri 23-sonli maktab direktori Lola RASULOVA, Andijon shahri 4-sonli maktab direktori Umidaxon ZAKIROVA, Xiva shahri 9-sonli maktab direktori Mahmud MASHARIPOV, Farg’ona politexnika instituti qoshidagi akademik litsey direktori Zuhriddin ALIMOV, Samarqand chet tillar instituti qoshidagi akademik litsey direktori Zafarjon QO’ZIYEV, ayni nomdagi akademik litsey uning qoshida bo’lgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Matyoqub BAQOYEVga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri 28-sonli maktab direktori Nargiz YULDOSHEVAga ham alohida rahmat aytamiz.